AQŞ ma’muriyati BMT bilan yaqindan hamkorlik qiliş va uning salohiyatini «Tinçlik kengaşi nazorati ostida» oçiş niyatida, dedi prezident Donald Tramp tuzilmaning Vaşingtondagi birinçi yiğilişida.

«Biz Birlaşgan Millatlar Taşkiloti bilan juda yaqin hamkorlik qilmoqçimiz [...] Tinçlik kengaşi Birlaşgan Millatlar Taşkilotini deyarli kuzatib boradi va uning töğri işlaşini nazorat qiladi», dedi Tramp.

Donald Tramp BMTni moliyaviy qöllab-quvvatlaş va taşkilot infratuzilmasini modernizatsiya qiliş rejalari haqida ma’lum qildi. Uning fikriça, tegişli kömak va nazorat ostida BMT xalqaro siyosatning «yanada kuçli vositasiga aylanişi kerak».

19 fevral kuni Vaşingtonda «Tinçlik kengaşi»ning birinçi yiğilişi oçildi. Unda 20 dan ortiq davlat delegatsiyasi iştirok etmoqda. Tuzilma Ğazo sektoridagi vaziyatni nazorat qiliş uçun yaratilgan edi, keyinroq, Donald Tramp boşqa mintaqalardagi mojarolarni hal qiliş uçun uning vakolatlarini kengaytirdi.