Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida öqituvçilardan majburiy pul yiğilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga tumandagi 33-umumta’lim maktabi pedagoglari ma’lum qildi.
Ularga köra, tuman hokimligi hamda maktabgaça va maktab ta’limi bölimi tomonidan turli majburiy pul yiğimlari “öylab topilmoqda”.
“Ayni vaqtda “Ramazon ehsoni” niqobi ostida turli sabablar bilan pul yiğilyapti. Qaysidir maktab ta’miriga ham, qaysidir kam ta’minlangan oilalarga ham biz pul yiğib beradigan bölsak, davlat tomonidan ajratilayotgan pullar, turli jamğarmalardagi mablağlar qayerga işlatilmoqda unda?” deyiladi pedagoglar murojaatida.
Kun.uz maktab öqituvçilari bilan boğlandi. Ular 20 fevral kuni direktor Oysara Uzoqova tomonidan maktabning Telegram’dagi guruhida berilgan “tezkor topşiriq”ni tahririyatga taqdim etişdi. Unda direktor öqituvçilar har biri 25 ming sömdan yetkazişi kerakligini tayinlagan.
“Xabarlaringiz bor, bizga 5 ta kambağal oila tuşgan edi. Bizga tuşgan oila Quştepa mahallasidan ekan. Hozir menga hokim örinbosari Anvar Rajabov telefon qildi. Ertaga ertalab soat 9:00 gaça 1 mln pulni hokimiyatga olib borib berişimiz kerak ekan!
Ikkinçi topşiriq! 66-maktabning hamma sinf xonalarini bugun hamma maktabga bölib çiqibdi. Remont qiliş kerak ekan. Ertaga taniş direktoringiz bölsa, astagina telefon qilib sörangizlar, aytadi. Bizga ham bitta xona berilibdi. 400 000 sömdan tuşibdi.
Şu uçun ertaga ertalab soat 8:30 gaça Ramazon oyida hammamizdan ehson, 25 000 sömdan Abdumalikka yetkazinglar, keçikmasdan. Darsim yöq edi, xabarim yöq edi demangizlar. Hamma maktab va boğçalarga bir xil topşiriq berilyapti. Sörab köringizlar!!! Bozorligi röyxati bilan taşlab berildi”, deyilgan direktor topşiriğida.

Oysara Uzoqova topşiriqni bergan hokim örinbosari sifatida Anvar Rajabov ismini keltirgan. Rajabov Anvar Uraloviç Jarqörğon tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari hisoblanadi.

Kun.uz holat yuzasidan izoh oliş maqsadida maktab direktori Oysara Uzoqova bilan boğlandi.













