Yiğilişda ta’kidlanişiça, Qoraqalpoğistonda 270 million tonna sement, 256 million kub metr quriliş va pardozbop toşlar, 200 million tonna ohak, 31 million kub metr keramzit, 30 million kub metr quriliş qumlari, 27 million kub metr ğişt xomaşyosi, 6,9 million tonna şişa, 6,5 million tonna gips, 4,3 million tonna vermikulit zaxiralari aniqlangan.

Kelgusi 5 yilda hudud iqtisodiyotini 102,5 trillion sömga (2025 yilda 54,3 trillion söm bölgan), jon boşiga esa 51 million sömga yetkaziş, sanoat va xizmatlar sohasida 7,2 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilgan. Barça imkoniyatlarni işga solib, sanoat, xizmatlar va turizm eksportini 900 million dollarga yetkaziş muhimligi ta’kidlandi (2025 yilda 435 million dollar bölgan).

Joriy yil yakuniga qadar işsizlik darajasini 4,2 foizgaça, kambağallikni 3,2 foizgaça pasaytiriş, Nukus şahri, Qönğirot va Çimboy tumanlari hamda 109 ta mahallani işsizlik va kambağallikdan xoli hududga aylantiriş maqsad qilingan. Qöşimça ravişda oğir toifadagi Bözatov, Qonliköl, Möynoq va Şumanay tumanlari hamda 90 ta mahallada kambağallikni 2 barobar qisqartiriş vazifasi qöyildi.

Taqdimotda investitsiyalarni jalb qiliş va tadbirkorlikni rivojlantiriş maqsadida hududga avval berilgan imtiyozlar muddatini uzaytiriş taklifi bildirildi, prezident uşbu taklifni qöllab-quvvatladi. Qoraqalpoğistonga bevosita xorijiy investitsiyalar hajmini 2,5 barobar oşiriş (2025 yilda 3,5 milliard dollar bölgan) maqsad qilingani qayd etildi.

Hudud uçun işlab çiqilgan yirik investitsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.

Sun’iy intellekt sohasi uçun Taxiatoş tumanida modulli intellektual hisoblaş markazini taşkil etiş, Nukus şahrida avtomobil sanoati uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan texnologik klaster barpo etiş, bazalt tolasi işlab çiqarişni yölga qöyiş, çiqindilarni kuydiriş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş, Qoraözak tumanida kömirdan oltin ajratib oliş fabrikasi, Taxtaköpir tumanida paxta tozalaş va yigiriş fabrikasi, Çimboy tumanida ip-kalava işlab çiqarişni taşkil etiş loyihalari şular jumlasidan.

Qişloq xöjaligi böyiça Qoraqalpoğistonda mavjud yer resursidan foydalaniş darajasi hudud imkoniyatlariga mos emasligi körsatib ötildi. Mavjud maydonlarning atigi 2,5 foiziga ekin ekilayotgani, qolgan 16 million gektar deyarli işlatilmayotgani qayd etildi. Iqlimga mos yangi ekin turlarini topib, ularni yetiştiriş böyiça ilmiy-amaliy tajribalarni yölga qöyiş, suvsizlik va şörga çidamli, şu jumladan, farmatsevtika sanoati uçun dorivor giyohlarni katta maydonlarda yetiştirib, eksportni köpaytiriş vazifalari belgilandi.