Tramp bu haqda 20 fevral kuni AQŞ Oliy sudining qarorini şarhlar ekan, ma’lum qildi. Sud 2025 yilda prezident köplab davlatlarga nisbatan bojlarni bir tomonlama tarzda joriy etib, qonunni buzgan, degan xulosaga kelgan.

AQŞ prezidentining aytişiça, Oliy sud qaror çiqarişda «çet el manfaatlari ta’siri ostida» bölgan.

Trampning sözlariga köra, milliy xavfsizlik manfaatlarini ta’minlaş maqsadida joriy etilgan barça bojlar öz kuçida qoladi. Şuningdek, bir neçta tekşiruvlar boşlanişi ma’lum qilindi.

AQŞ Oliy sudi 20 fevral kuni Tramp köplab davlatlarga qarşi bojlar joriy etişda qonunni buzgan, degan qaror çiqardi. Prezident faqat milliy favqulodda holatlarda qöllanişi mumkin bölgan qonundan foydalangan. Sud fikriça, Tramp bu çoralarni joriy etişdan oldin Kongress ruxsatini olişi kerak edi.