Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 22 fevral, yakşanba. Ramazon oyining birinçi yakşanbasi. Barça musulmonlarga Ramazon oyi kirib kelgani muborak bölsin. Bu oyda Qur’on nozil bölgan, iymon keltirgan musulmonlar uçun röza tutiş farz qilingan va röza islom dinining beş ustunidan biri ekani belgilangan.

Musulmon inson hayotidagi eng asosiy vazifa nafsi ustidan ğolib bölişdir, çunki nafsini taslim etgan inson saodatga erişadi, yomonlikdan yiroq böladi. Röza tutişdan murod şunçaki yeb-içişdan tiyiliş deb öylaş bu muqaddas, şarafli ibodatga nisbatan yengil qaraş böladi, menimça. Ramazon oyida musulmon inson barça yomonliklardan yiroq bölişi, yomon odatlarini tark etişi, nafsini öziga böysundirişga harakat qilişi kerak böladi. Barçamizga umrimiz davomidagi eng asosiy kuraş – nafsimizga qarşi jangda ğolib böliş nasib etsin. Biz odatdagidek haftaning muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

Amerika qöşin töplamoqda

AQŞ Eron yaqinida katta qöşin töplamoqda. Hafta davomida Yaqin Şarqqa qiruvçi samolyotlarga havoda yonilği quyuvçi önlab Amerika samolyotlari uçib bordi. Hozir Eronga zarba beradigan suvliklarda langar taşlagan aviataşuvçilarga qöşimça 50 ta qiruvçi samolyot yuborilgani aytilmoqda. Xullas, Amerika butun havo kuçlarini Eron atrofida töplab, ehtimoliy operatsiyaga tayyorlanmoqda.

Agar Tramp ötgan yil yozda bölgani kabi Eronga bir zarba berib ketişni maqsad qilganida, bunçalik tayyorlanib ötirmasdi. Hozirgi tayyorgarlik Amerika Eronda butun boşli harbiy operatsiya ötkazmoqçi ekanini körsatadi. Vaşington oxirgi marta Yaqin Şarqda 2003 yilda hozirgi kabi qöşin töplagan va öşanda Iroqqa bostirib kirgandi.

Tramp Tehronga ikki hafta vaqt berdi, bu vaqt içida yadroviy kelişuv imzolanmasa, Amerika Eronga zarba berişi mumkin. Hozirgi Amerikadan har narsani kutsa böladi, Maduroni olib qoçişgaç, endi ularning har qanday tahdidiga jiddiy qaraş kerak.

Mantiqsiz muzokaralar

Jyenevada Rossiya, Ukraina va AQŞ örtasida navbatdagi muzokaralar raundi ötkazildi. Kutilganidek, muzokaralarda heç qanday natija bölmadi. Rossiya doimgidek butun Donbass nazoratini söradi, Ukraina esa Rossiya 12 yildan beri ololmayotgan Donbassdan qöşinini olib çiqişni rad etdi.

Amerika tomonidan kuçsiz muzokaraçilar iştirok etayotgani ham natija bölmayotganining sabablaridan biri, menimça. Biznesmenlar Uitkoff va Kuşner aftidan tomonlarga faqat biznes takliflar berib uruşni tugatişni istamoqda. Okean ortidan kelgan bu muzokaraçilar Rossiya va Ukraina pul talaşib uruşmayotgani, bu uruş ildizi asrlarga borib taqalişini tuşunmayotgan körinadi. Örtadagi nafrat şunçalik kuçliki, heç qanday pul va biznes taklifi bilan bu uruşni tugatib bölmaydi.