Joriy yil 20 fevral kuni Farg‘ona shahridagi ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘nlab tarbiyalanuvchilari isitma, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ich ketish belgilari bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Bemor bolalar orasida shahardagi 61-, 58-, 22- va 2-sonli DMTT tarbiyalanuvchilari borligi aytilmoqda.
"2019 yilda tug‘ilgan o‘g‘lim Farg‘ona shahridagi 2-davlat bog‘chasida tarbiyalanadi. 20 fevral kuni uyga kelganidan keyin isitmalab, ichi ketdi. Poliklinikaga olib bordik. Ko‘rdikki, u yerda boshqa bog‘chalardan kasallanib kelgan bolalar ko‘p edi. Surishtirsak, shaharning boshqa bog‘chalaridan ham bolalar olib kelingan ekan. O‘g‘lim hozirda Farg‘ona shahridagi bolalar kasalxonasida davolanyapti. Shifoxonalar kasallangan bolalarga to‘lib ketgan. Quvasoy shahrida ovqat tayyorlanib, Farg‘ona shahridagi bolalar bog‘chalariga tarqatiladi, gumonimiz – bolalar ovqatdan zaharlangan bo‘lishi mumkin", deydi onalardan biri Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

“Bolam 58-bog‘chaga boradi. 20 fevral kuni uyga tobi qochgan holda qaytdi. Bog‘cha opasi ham guruhga yozdi, bolalarga ehtiyot bo‘linglar, suyuqlik bering, ovqatdan zaharlanish bo‘ldi, deb. Bolamni kasalxonaga yotqizdik. Go‘shtdan zaharlanibdi deyishyapti”, deydi shaxsi sir qolishini istagan yana bir fuqaro.

Tahririyat suhbatlashgan fuqarolar mas’ullar ushbu zaharlanish haqidagi ma’lumotlar tarmoqlarga chiqib ketmasligi uchun harakat qilishayotgani, Telegram guruhlarda ota-onalarning yozish imkoniyatlari cheklab qo‘yilgani, zaharlanishga oid har qanday xabarlar guruh adminlari tomonidan o‘chirib yuborilayotganini aytmoqda.
Kun.uz shahardagi 2-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari bilan bog‘landi. Bog‘cha mudirasi 5 nafar tarbiyalanuvchisi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga tushganini tasdiqlab, oziq-ovqatlar Quvasoydagi “Garden Catering Trade” MChJ tomonidan yetkazilishini aytdi. Masala bo‘yicha izoh berish uning vakolatida emasligini aytib, muxbirning boshqa savollarini javobsiz qoldirdi.
Tahririyat ixtiyoriga kelib tushgan hujjatda “Garden catering Trade” MChJ qo‘shma korxonasining DMTTlar uchun bir kunlik tayyor issiq ovqat jadvali keltiriladi. Unga ko‘ra, 20 fevral kuniga nonushtada grechka, sutli choy, saryog‘ va non;

















