Ma’lum qilinişiça, joriy yildan «Kelajak tadbirkori» dasturi doirasida yoş tadbirkorlarga 7 yilgaça 15 foizli mablağlar ajratiladi. Xususan, özini özi band qilgan yoşlarga garovsiz 20 million sömgaça kredit berilişi aytildi. Tadbirkorlik könikmasiga ega bölib, öz biznesini boşlayotgan yoşlarga 300 million sömgaça, faoliyatini kengaytirmoqçi bölgan yoş tadbirkorlarga 2 milliard sömgaça kredit ajratiladi. Kamida 5 nafar bitiruvçini işga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard sömgaça kredit beriş nazarda tutilgan.
Şu bilan birga, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda «Mening birinçi kasbim» dasturini işga tuşiriş topşirildi. Unga köra, stajirovka asosida oliygoh bitiruvçilari örtasida tanlov ötkazilib, ğoliblarga oyiga 2 million sömgaça stipendiya tölaş yölga qöyiladi.
Uçraşuvda tadbirkorlikni endi boşlayotgan yoşlarning 30 foizi biznes könikmasi yetişmagani sababli qiyinçilikka uçrayotgani qayd etildi. Şu bois har bir hududda tadbirkorlikka öqitiş, ğoyani biznesga aylantiriş, buxgalteriya, bank, marketing, içki va taşqi bozorlarga çiqiş böyiça kompleks xizmatlar körsatadigan «Yoşlar biznes inkubatori» işga tuşiriladi.
Mutasaddilarga yoşlar uçun qulay joylarni belgilab, bu yil Qoraqalpoğiston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toşkent şahrida, kelgusi yilda esa qolgan hududlarda bunday markazlarni taşkil etiş vazifasi qöyildi.












