Jinoyat işlari böyiça Piskent tuman sudi raisi Muzaffar Bozorov YTHda jarohatlanib, şifoxonaga yotqizildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur YTHga oid xabar tarqaldi. Unda Angren şahrida Toyota Damas maşinasi ketidan kelib urgani hamda Damas yöl çetida turgan Muzaffar Bozorovga borib urilgani aytilgan.

Sudyalar oliy kengaşi holatga munosabat bildirdi. Ma’lum qilinişiça, YTH 22 fevral kuni soat taxminan 9:30 larda sodir bölgan. Şu vaqtning özida Toşkent viloyat sudi mutasaddilari Sudyalar oliy kengaşini xabardor qilgan hamda şifoxonaga borib, sudyaning holidan xabar olişgan.

“Sudyalar oliy kengaşi vaziyatni nazoratga olgan. Ayni paytda ham bemorning ahvoli haqida tegişli ma’lumotlar kelib turibdi. Şifokorlarning bugun bergan ma’lumotiga köra, bemorning ahvoli yaxşi tomonga özgargan”, deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, YTHga belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi.