Farğonada tanişining maşinasida uç odamni urib yuborgan ayolning qilmişi apellyatsiya sudida körib çiqildi. Kun.uz sud ajrimi bilan tanişdi.
Sud hujjatida keltirilişiça, birinçi instansiya sudi jinoyat oqibatida jabrlanuvçi Dilafröz Sayfullayeva hayot uçun xavfli bölgan oğir şikast olib, bir joyda yotib davolanayotganini yetarliça hisobga olmasdan, birmunça kamroq moddiy zarar undirgan hamda ma’naviy zarar undiriş masalasini muhokama qilmagan.
Birinçi instansiya sudi hukmida sudlanuvçidan voyaga yetmagan jabrlanuvçilarning qonuniy vakiliga 280 ming söm moddiy zarar undiriş belgilanib, iş böyiça boşqa yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undiriş yuzasidan fuqarolik sudiga murojaat qiliş huquqi tuşuntirilgandi.
Apellyatsiya sudining 2026 yil 17 fevraldagi ajrimi bilan hukmning fuqaroviy da’voga oid qismi özgartirildi. Ya’ni Xadiçabonu Habibullayevadan jabrlanuvçi Dilafröz Sayfullayevaga 100 mln söm ma’naviy hamda voyaga yetmagan jabrlanuvçilarning qonuniy vakiliga 3 mln 351 ming söm moddiy zarar undiriş belgilandi. Hukmning qolgan qismi – Xadiçabonu Habibullayevaga tayinlangan 2 yil muddatga barça turdagi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilgan holda 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi özgarişsiz qoldirilgan.
Xadiçabonu Habibullayeva 2025 yil 11 oktyabr kuni tanişining Onix maşinasini “pravasiz” boşqargan. U Farğona şahrining köçalaridan birida sun’iy dönglik bilan ajratilgan piyodalar yölagidan ötayotgan Dilafröz Sayfullayeva, uning 3 yoşli öğli Yasinboy Abdurahmonov hamda 2,5 yoşli jiyani Hadiya Qodirovani urib yuborgan. Oqibatda oğir tan jarohati olgan Dilafröz Sayfullayeva hamon töşakka mixlanib yotibdi.












