Prezident Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida yuz bergan avariya töxtatilişi ma’lum qildi.
Viloyat hokimligida bölib ötayotgan yiğilişda «Mustaqillikning 25 yilligi» yirik gazni qayta işlaş majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yeçim topilgani qayd etildi.
«Biz avariyani ham töxtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boşlaymiz», – dedi prezident.
Yiğilişda viloyatning Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun tumanlari markazlariga kanalizatsiya tizimini olib boriş böyiça loyiha işlari boşlanişi belgilangan.
Kofrundagi kon voqeasi
2024 yilning 1 sentabr kuni Boysun tumani Kofrun şaharçasi tarkibidagi «Kölqamiş» MFY hududida joylaşgan «Mustaqillikning 25 yilligi» (M-25) gaz koniga qaraşli 604-quduqda burğilaş işlari vaqtida vodorod sulfidi (oltingugurt) gazi sizib çiqa boşlagan, 2 sentabr kuni Kofrun aholisi evakuatsiya qilingan edi.
Ammo konni yopişning imkoni bölmadi, 17 sentabr kuni navbatdagi avariya röy berib, 4 kişi halok bölib, 11 kişi jarohatlangan.
2025 yil 27 mart kuni konda yana portlaş böldi. Energetika vazirligi tabiatga ziyon yetkazmaslik va havo ifloslanişining oldini oliş maqsadida quduq yoqib qöyilganini ma’lum qilgan.
24 aprel kuni telegram-kanallarda gaz çiqayotgan 202-quduqning tuynugi öz-özidan yopilib qolgani haqida video tarqalgan. 5 may kuni uşbu quduqda takroriy portlaş yuz bergan.











