Rossiya Ukrainaga bostirib kirganiga roppa-rosa tört yil böldi. Yil hisobida olsak, Rossiya beşinçi yilki qöşnisi Ukrainani taslim qilolmayapti. Uruşdan avval bu ikki davlat harbiy qudratini soliştiriş kulgili edi, lekin uruşning beşinçi yilida köryapmizki, afişa haqiqat bölib çiqmadi, Kiyev uç kunda qulamadi, rus tanki tuz va gul bilan qarşilanmadi, Zelenskiyning ta’biri aytganda, ukrainlar oq emas, kök-sariq bayroq kötardi. Quyida uruş nega uç kunda tugamagani, uruşning ilk kunlarini yodga olamiz.

Qanday boşlangandi?

Uruş rasman 2022 yil 24 fevralda boşlangan, lekin bosqin sodir bölişi ança avval aniq bölib ulgurgandi. Keçagidek esimda, 2021 yil kuzidan boşlab Rossiya Ukraina bilan çegarada qöşin töplayotgani haqida materiallar yozişni boşlagandik. Noyabrda AQŞ va Yevropa Rossiyaning Ukraina çegarasida qöşin töplayotganini jiddiy muhokama qila boşladi.

Ba’zi naşrlarning yozişiça, Amerika öşa paytdayoq Kiyevni Rossiya bosqini sodir bölişidan ogohlantirgan, biroq ukrainlar bunga işonmagan. Dekabr boşida Putin bilan videoformatda muloqot qilgan Jo Bayden öşa suhbatdan keyinoq uruş bölişiga heç qanday şubha qilmagan, çunki yil yakunida Rossiya endi Ukrainaga emas, butun kollektiv Ğarbga ultimatum qöyişni boşlagandi.

Yanvar oyida Rossiya va Belarus birgalikda harbiy maşğulot boşladi. Keyinçalik ma’lum böldiki, bu aslida Kiyevga Belarus hududi orqali bostirib kiriş maşğuloti bölgan ekan. Yanvar yakunida Rossiya Aleksey Navalniy va bir qator muxolifatçilarni terrorçi deb e’lon qiladi. Fevral boşlangan sayin agressiv harakatlar kuçayib bordi va Rossiya hayotini kuzatadigan ruhiy soğlom odamlar yaxşi tuşunib turgandi – nimadir böladi.

Fevral

2022 yil fevral oyiga kelib AQŞ va Yevropa Rossiya uruş boşlaş uçun turli provakatsion harakatlar qilişi mumkinligidan ogohlantira boşladi. Aynan fevralda Rossiya propagandasi göyoki Ukraina özini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» va «Luhansk xalq respublikasi» hujumni kuçaytirgani haqida gapira boşladi. Videolardan birida göyoki 2022 yil 18 fevraldagi hujum haqida gap boradi, lekin kadrda YouTube'da 2010 yil e’lon qilingan boşqa video ovozi montaj qilib qöyiladi.

Uruşni boşlaş uçun «DXR» va «LXR» rahbarlari Denis Puşilin hamda Leonid Paseçnik faol iştirok etadi. 19 fevral kuni Myunhen xavfsizlik konferensiyasida çiqiş qilgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning oxirgi harakatlari sabab Kiyev Budapeşt memorandumi doirasidagi kelişuvni qayta körib çiqişi mumkinligini aytadi.