Boş prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy viloyati boşqarmasi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Telegram messenjeri orqali giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar savdosi bilan şuğullanib kelgan şaxslar fuqaro N.I.ga ch. boti orqali “mefedron” moddasini sotişga kelişgan.

Ma’lum qilinişiça, xaridordan 2 mln söm pul bank plastik kartasiga ötkazib olingan. Şundan söng giyohvandlik vositasi geolakatsiya böyiça Navoiy şahri Sunbula köçasida joylaşgan qarovsiz uyga yetkazib berilgan vaqtida gumonlanuvçilar aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şuningdek, departamentning Nurafşon şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Telegram’da kanal-bot taşkil etgan şaxslar fuqaroga 3,95 gramm giyohvandlik vositasini 1,1 mln sömga sotişga kelişgani aniqlangan. Giyohvandlik vositasi berilgan lokatsiya — Sergeli tumanidagi Uzumzor 1-tor köçasida simyoğoç tagiga yaşirib qöyilgani ma’lum qilingan.

Qöşimça ravişda, 0,51 gramm giyohvandlik vositasi Yaşnobod tumanidagi Parkent köçasida beton orasiga, 0,86 gramm giyohvandlik vositasi esa Yaşnobod tumani “Mustaqillik” MFY hududida köp qavatli uylar orasidagi daraxt tagiga yaşirib qöyilgani qayd etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi asosida tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.