Yiğilişda mahallalarda ijtimoiy reyestrni yuritişda yöl qöyilayotgan kamçiliklar tanqid qilindi. Qayd etilişiça, ayrim hududlarda fuqarolarni ijtimoiy reyestrga kiritiş asossiz rad etilmoqda yoki ular sun’iy ravişda reyestrdan çiqarilmoqda.
Buning oqibatida ehtiyojmand oilalar ijtimoiy nafaqalar va boşqa yordam turlarini oliş, farzandlarini davlat boğçalari hamda tögaraklarga joylaştiriş kabi qonun bilan kafolatlangan xizmatlardan foydalana olmayapti.
Ma’lum qilinişiça, 184 ta mahallada bir oy davomida kelib tuşgan 2 mingta arizaning barçasiga asossiz ravişda rad javobi berilgan.
Bunday holatlar ayniqsa Böston, Oltinköl, Xovos, Toşloq, Şarof Raşidov, Uçquduq va Dehqonobod tumanlarida köp uçrayotgani qayd etildi.
Şu sababli ijtimoiy reyestrga kiritiş masalasida Prezident virtual qabulxonasiga kelib tuşayotgan murojaatlar soni yil boşidan buyon 1,5 barobarga oşib, 30 mingdan 46 mingtaga yetgan.
Yiğilişda Boş prokuraturaga ijtimoiy reyestrning qonuniy va töğri yuritilişi ustidan qat’iy nazorat örnatiş topşirildi. Şuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyevaga reyestrning haqqoniyligi yuzasidan prezidentga muntazam axborot berib boriş vazifasi yuklatildi.
Mutasaddilar oldiga yil yakuniga qadar nogironlikni erta aniqlaş, turar joylarni moslaştiriş, ijtimoiy uylarga joylaştiriş kabi 25 turdagi ijtimoiy xizmatni mahallalar darajasiga tuşiriş vazifasi qöyildi.
Şuningdek, uç oy içida demensiya va aqliy zaifligi bölgan şaxslar uçun 250 ta mahallada kunduzgi va uyda parvariş xizmati, «Madad» uylari taşkil etiladi. Yana 75 ta mahallada özgalar parvarişiga muhtoj keksalar uçun «Faol hayot» dasturi yölga qöyiladi. Bundan taşqari, qarovsiz qolgan va zöravonlikka uçragan bolalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida maxsus «Qöllab-quvvatlaş markaz»lari taşkil etilişi belgilandi.













