Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 1 mart, yakşanba. Keça qişning oxirgi kuni dunyoda yana bir uruş boşlandi. Ötgan haftadagi dayjest sarlavhasini «AQŞ uruşga tayyor» deb qöygandik, voqealar uruş pişib kelayotganini körsatayotgandi-da. Şunday qilib bu yilgi 28 fevralda ham dunyo qandaydir katta voqeaga guvoh böldi. Bir yil avval Zelenskiy Oq uyda Tramp bilan uruşib qolgandi, bu yil Amerika Eronda uruş boşladi.
Amerika «SVO» boşladi
28 fevral kuni AQŞ Eronga zarba berişni boşladi. Bir kun avval Tramp Eronning yadroviy kelişuv böyiça muzokaralarda tanlagan pozitsiyasidan xursand emasligi, lekin hali zarba beriş böyiça qaror qabul qilmaganini aytgandi. «Eron yadro quroliga yöq, degan sehrli sözlarni aytmayapti», degandi, xususan, Amerika prezidenti.
Şanba kuni boşlangan hujumda Amerika Yaqin Şarqqa yuborgan kemalardan turib zarba yölladi. Xususan, Eron osmonida «Tomahawk» raketalari uçayotgani aks etgan videolar paydo böldi. Eron poytaxtidagi portlaş kadrlari tarqaldi. Isroil naşrlarining yozişiça, Amerika va Isroil Eron böylab tört kunlik intensiv zarbalarga tayyorlangan. Şanba kuni keçga borib Eron oliy rahbari Ali Xominaiy ölgani ma’lum böldi.
Köp ötmay Donald Tramp uruş boşlangani haqida bayonot berdi. «Erondagi rejim heç qaçon yadro quroliga ega bölolmaydi. Ular 47 yil Amerikaga ölim deb baqirişdi, ommaviy terror uyuştirişdi, biz ortiq bunga toqat qilolmaymiz», dedi Tramp. Şuningdek, Amerika prezidenti navbatdagi marta eronliklarni hukumatni qölga olişga çaqirdi. «Biz tugatganimizdan keyin hukumatni qölga oling, siz bunga loyiqsiz. Ehtimol bu sizning yagona imkoningiz böladi. Köramiz, siz bunga qanday javob berarkansiz», dedi Tramp.
Kun yarmida Eron Isroil böylab javob zarbalari yölladi. Isroilda barça kuç tuzilmalari jangovar şay holatga keltirilgan, odamlardan ehtiyot çoralarini köriş, bombapanalarga kiriş buyruqlariga amal qiliş söralgan. Davlatlarning Isroildagi elçixonalari fuqarolariga evakuatsiya çoralarini eslatib xabarlar berdi. Eron javob zarbasi ölaroq, AQŞning Yaqin Şarqdagi bazalariga zarba berişi kutilgandi. Hujumdan köp ötmay BAA, Bahrayn, Kuvayt va Qatarga raketa uçirilgan. Donald Tramp bekorga Pentagonni uruş vazirligi deb özgartirmagan körinadi.
Bu xuddi ötgan yil yozdagi Isroilning Eronga zarbalarini eslatmoqda, öşanda Isroil aniq odamlarni öldirişga asoslangan operatsiyalar ötkazgandi, hozir ham şunga öxşaş zarbalar böldi. Lekin Amerika bu şunçaki zarbalar seriyasi emas, «Eron rejimiga qarşi butun boşli operatsiya ekanini» bildirdi, unga «Epic fury», ya’ni «epik ğazab» deb nom ham berişdi. Xullas, Tramp Eronda «SVO» boşladi. Lekin amerikaliklar Tehronni uç kunda olmoqçi emas, Amerika harbiylari Eronga kirmasa kerak.
Pokiston – «Tolibon» uruşi
Hafta davomida Pokiston va «Tolibon» örtasida töqnaşuv boşlanib ketdi. Men buni Pokiston – Afğoniston uruşi emas, Pokiston – «Tolibon» uruşi degan bölardim. Bu aynan toliblar va Pokiston örtasidagi nizo. Afğonlarning pokistonliklar bilan muammosi bölmagan. Bir neça yil avval toliblar Pokistonga hujum qilişini tasavvur qiliş imkonsiz edi. Çunki Amerika Afğonistonga kirganda toliblar uçun eng xavfsiz joy Pokiston edi, ularning bu davlatda ştab-kvartirasi ham bor edi. Lekin toliblar Afğonistonda hukumatni qölga olgaç, Pokiston bilan tortişuvlar boşlandi, tomonlar har zamonda bir-biriga zarbalar berdi.
Oxirgi eskalatsiya vaqtida toliblar hatto Pokistonning çegaradagi hududlarini egallab olganini aytdi. Pokiston mudofaa vaziri Havaj Asif «Tolibon» «Hindistonning qöğirçoğiga aylangani» haqida aytib, ularga qarşi oçiq uruş boşlanganini e’lon qildi. Töqnaşuvda har ikki tomondan yuzlab odam halok bölgan.
Toliblar Pokistonga ularning ötgan haftada Afğoniston böylab zarbalariga javoban operatsiya boşlaganini aytmoqda. Pokiston çindan ötgan hafta Afğoniston böylab zarbalar bergan, nişon «IŞID Xuroson» va «Tahriq a Tolibon Pokiston» guruhining lagerlari bölgandi. Xullas, bizdan unça uzoq bölmagan sarhadlarda yana bir uruş boşlandi. Şunçaki ma’lumot uçun, Pokistonda yadro quroli bor.
Kubani «döstona egallaş»
Hafta davomida Kubada ğalati hodisa yuz berdi. Floridadan yölga çiqqan kater va Kuba çegaraçilari örtasida otişma çiqdi. Oqibatda tört kişi halok bölgan. Kuba tomonining aytişiça, tezkor katerda qurollangan 10 kişi bölgan. Kema Kuba suvliklariga kirgaç, çegaraçilar uni identifikatsiya qiliş uçun yaqinlaşganda, katerdagilar çegaraçilarga qarata öq uzgan. Harbiylar bunga javoban öq uzib tört kişini öldirgan. Keyinçalik yaradorlar Kubadagi kasalxonalarga olib ketilgan.
Amerika tomoni hodisa örganilayotgani haqida bayonot berdi. Oq uy vakillari katerdagilar hukumatga, harbiylarga aloqasi bölmaganini aytmoqda. Kater voqeasi sodir bölgani fonida AQŞ prezidenti Tramp Kubani «döstona egallab oliş» haqida gapirdi. «Kuba hukumati biz bilan gaplaşmoqda, ular jiddiy muammoga duç kelgan. Ularda hozir pul ham, neft ham yöq. Ehtimol biz Kubani döstona egallab olarmiz. Marko Rubio bu bilan yuqori darajada şuğullanmoqda», dedi Tramp. Ma’lumot uçun, AQŞ davlat kotibi va ayni damda prezidentning milliy xavfsizlik böyiça boş maslahatçisi bölgan Marko Rubioning kelib çiqişi kubalik.
Uruş boşlanganiga tört yil böldi
Hafta davomida Ukrainada uruş boşlanganiga tört yil böldi. 2022 yil 24 fevral kuni Rossiya qöşinlari bir neçta yönaliş böylab Ukrainaga bostirib kirgandi. Barçasi xuddi keça sodir bölgandek, lekin bu vaqt içida yuz minglab odam ölib ketdi, millionlab odam qoçoqqa aylandi, minglab oilalar buzildi. Rossiya uruşni bir neça kunda tugatişni maqsad qilgandi, lekin maş’um uruş hamon davom etmoqda.
Tört yildan keyin jiddiy xulosalar qiliş mumkin. Rossiya uruşni Ukrainani «demilitarizatsiya» va göyoki «denatsifikatsiya» qiliş iddaosi bilan boşlagandi. Uruş boşlanganda bir neça ming kişilik armiyaga ega bölgan Ukraina bugun kamida million kişilik qurolli kuçlarga ega, öz raketasigaça işlab çiqardi. «Denatsifikatsiya» eng absurd da’vo ekanini hamma tuşunib böldi, bu haqda uruş tarafdorlarining yoqimtoyi Yevgeniy Prigojin ham aytgandi. Qaytaga endi Ukrainada rus tilini çeklaş boşlandi, Rossiyaga nisbatan nafrat dahşatli darajadan kuçaydi.
Rossiya Kiyevni uç kunda ololmadi, u yerda öziga böysunuvçi rahbar ham qöyolmadi, hatto Ukraina şarqini töliq egallay olgani yöq. Donbassni kuç bilan ololmagaç, muzokaralar yordamida qölga kiritmoqçi. Bir söz bilan aytganda, mantiqsiz uruşning biror maqsadiga erişa olmadi.
Ukrainada tuğiliş pasaydi
Mutaxassislarning aniqlaşiça, uruş boşlanganidan buyon Ukrainada tuğiliş körsatkiçlari keskin pasayib ketgan. Hozir tuğiş yoşidagi bir ayolga bir nafardan kamroq bola töğri kelmoqda. Bu tuğiliş yuqori bölmagan Yevropa Ittifoqidagi körsatkiçlardan ham ança past.
Uruş boşlangaç, Ukraina kamida 10 million fuqarosidan ayrilgan. Beş oblastining fuqarolari Rossiya fuqarosiga aylanib ketdi. Yuz minglab harbiylar halok böldi. Yana millionlab ukrainlar qoçoqqa aylanib, mamlakatni tark etdi. Uruşda qatnaşayotgan harbiylar örtaça 43 yoşda. Frontda asosan oilali erkaklar halok bölayotgani tuğiliş körsatkiçlariga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Meksikada kartel rahbari öldirildi
Dunyoga şunça uruş yetmaganiday Meksikada El Menço laqabli bezori öldirilişi ortidan notinçlik boşlanib ketdi. Meksikadagi eng qudratli jinoiy tödalardan biriga rahbarlik qilgan El Menço Amerika qora röyxatining tepasida turgan, uni uşlaşga yordam beradigan ma’lumot uçun 15 million dollar mukofot va’da qilingan. Operatsiyani meksikalik harbiylar ötkazgan, lekin ularga Amerika tomoni razvedka ma’lumotlari bilan yordam bergan.
Bezori El Menço öldirilgaç, notinçlik boşlandi. Kartel a’zolari hukumat kuçlari bilan otişma sodir etdi. Gvadalaraharada kartel a’zolari tartibsizlik keltirib çiqargan. Hatto ikki şahardagi aeroportlarda 129 ta aviareys bekor qilingan. Bu tartibsizliklar fonida Meksikadagi jahon çempionati xavf ostida ekani haqida xabarlar paydo böldi. FIFA hammasi tinçigani, musobaqa köçirilmasligini ma’lum qildi.
Aytgança, öldirilgan kartel rahbarining ismi Nemesio Oseguyera Servantes. Nomard El Menço, Migel Servantes tarixga oltin harflarda yozgan şunaqa familiya bilan ham jinoyatçi bölasanmi?..
Hafta suratlari
Demak yangi an’anamizga köra, rolikda hafta suratlari bilan yakunlaymiz. Bugun hamkasblarimiz olgan uç suratga e’tiboringizni qaratmoqçiman. Birinçi surat Jyehad Alşrafi tomonida Ğazoda olingan. Unda ğazoliklar vayronalar orasida tuzalgan iftor dasturxonida rözasini oçayotgani tasvirlangan. Bir qaraşda atayin surat ta’siri çiqişi uçun şunaqa joyni tanlaşgandek, lekin aslida Ğazoda butun binoning özi qolmagan. Isroil absurd iddaosi bilan sektorning kulini kökka sovurgan.

Şunday bölsa-da, ğazoliklar yaşaşda davom etmoqda. Boşga kelganni köz körar deb Alloh farz qilgan ibodatni şaraf bilan ado etmoqda.
Ikkinçi surat Vaşingtonda, Kongress binosida suratga olingan. Kenni Holston Donald Trampni juda ajoyib körinişda tarixga muhrlagan. Kadrda Amerika prezidenti qölini ikki tomonga yoygan köyi mağrur turibdi. Xuddi «Ha, istagan davlatimga uruş oçaman, nima qila olasizlar», degandek.

Haftaning eng zör kadri Yaponiyadagi Içigava hayvonot boğida olingan. Butun dunyoga maşhur bölgan maymunça Panç onasi örnida qabul qilgani öyinçoqqa mehr bilan qarab turibdi. Menimça, bu maymunça haqida hamma eşitdi, IKEA bu voqea ortidan millionlab pul işlaganini ham bilib bölgansiz.

Bu ajoyib maymunça uruşdan boşi çiqmay qolgan sayyoramiz odamlariga dunyoda hamon muqaddas tuyğular borligini, dunyo aslida mana şunday tuyğular uçungina omon ekanini eslatdi. Şunça uruş içida ham odamlar mana şu maymunça haqida gapirmoqda. Çunki bolaning onaga bölgan muhabbatidan kuçliroq heç narsa yöq dunyoda. Omon böling, azizlar. Hamma bolalar onasining quçoğida uxlasin.











