Islom inqilobi qöriqçilari korpusining harbiy-dengiz floti radio orqali kemalarga Hörmuz böğozini kesib ötiş taqiqlanganini e’lon qilmoqda, deb xabar berdi Reuters Yevropa ittifoqining «Aspides» harbiy-dengiz missiyasi vakiliga tayanib.
Vakilning sözlariga köra, Eron bunday topşiriq berilganini rasman tasdiqlamagan. Tehron uzoq yillardan buyon mamlakatga nisbatan qilingan har qanday hujumga javoban Hörmuz böğozini tösib qöyiş bilan tahdid qilib keladi.
Uşbu böğoz dunyo neft eksportining asosiy yöli hisoblanadi. U orqali Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq va BAA nefti boşqa mamlakatlarga yetkaziladi.
Avvalroq Bloomberg böğoz oçiq bölsa-da, tankerlar uşbu böğozni kesib ötmayotganini yozgandi. Xususan, Yaponiyaning Nippon Yusen KK kemasozlik kompaniyasi öz kemalariga Hörmuz böğozidan ötmaslikka körsatma bergan, Gretsiya ham öz savdo flotini ogohlantirgan.
Fars agentligining yozişiça, «tankerlar harakatini monitoring qiluvçi xalqaro tizim Hörmuz böğozi hududidagi tankerlar tezligi nolga tuşganini körsatmoqda».
Jahon neftining 20 foizi va suyultirilgan gazning 30 foizi Hörmuz böğozi orqali ötadi, u sayyoraning eng muhim energetik qontomiri deb ataladi.
Neft narxi Eronga zarbalar berilişi arafasida kötarila boşlagan – bir barreli 73 dollarga yetgandi. Ekspertlarning fikriça, Hörmuz böğozi yopilgan taqdirda neft narxi 100 dollarga yetişi mumkin.













