Milliy statistika qömitasi 2026 yilning yanvar oyidagi sanoat işlab çiqarişi böyiça hisobotni e’lon qildi.
Joriy yilning dastlabki oyida gaz qazib oliş hajmi 3,7 mlrd kub metrni taşkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 0,3 mlrd kub metrga yoki 7,5 foizga qisqargan.
Oxirgi yillarda Özbekistonda gaz qazib oliş dinamikasi quyidagiça özgardi:

Ma’lumot uçun, yanvar oyida gaz eksporti töxtagan, import hajmi esa qariyb 167 mln dollarni taşkil etgan. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 barobar yuqori körsatkiç.
«Özbekiston-2030» strategiyasiga köra, joriy yilda 40,2 mlrd kub metr gaz qazib olinişi kutilyapti. Bu 2025 yilga nisbatan 3,6 foizga yoki 1,5 mlrd kub metrga kam.
Hisob-kitoblarga köra, keyingi 4 yil davomida gaz qazib oliş körsatkiçlari quyidagiça özgaradi:
- 2027 yil – 42,9 mlrd kub (+6,7 foiz);
- 2028 yil – 44,5 mlrd kub (+3,7 foiz);
- 2029 yil – 45,5 mlrd kub (+2,2 foiz);
- 2030 yil – 48,5 mlrd kub (+6,6 foiz).
Hisobot davrida ötgan yilning mos davriga nisbatan neft qazib oliş 55,1 ming tonnadan 54,1 ming tonnaga (-1,8 foiz), gaz kondensati işlab çiqariş 99,7 ming tonnadan 83,4 ming tonnaga (-16,3 foiz) qisqargan.

Öz navbatida dizel yonilğisi işlab çiqariş 33,2 ming tonnadan 81 ming tonnaga (+144 foiz), benzin işlab çiqariş 99 ming tonnadan 110,6 ming tonnaga (+11,7 foiz) oşgan.
Elektr energiyasi işlab çiqariş ham umumiy hisobda oşgan. Xususan, 2025 yilning yanvar oyida 7,57 mrld kWh elektr energiyasi işlab çiqarilgan bölsa, bu körsatkiç joriy yilning mos davrida 8,18 mlrd kWh’ni taşkil etgan. Bunda yirik korxonalar tomonidan işlab çiqariladigan elektr energiya hajmi 2 foizga kamaygan bölsa, kiçik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan işlab çiqarilgan elektr energiyasi hajmi 46,5 foizga oşgan.



















