Dubay aeroportidan parvozlar bekor qilinganidan uç kun ötib birinçi reyslar amalga oşirildi. Dubaydan Toşkent va Bangladeş poytaxti Dakkaga samolyotlar uçib ketgan.

Ma’lum bölişiça, reyslardan (MFX358) birini Özbekistonning «Centrum Air» xususiy aviakompaniyasi A320 samolyotida Dubay - Toşkent yönalişi böyiça amalga oşirmoqda.

Centrum Air aviakompaniyasi uşbu parvoz texnik (Ferry Flight) reys hisoblanib, yölovçilarsiz amalga oşirilayotganini ma’lum qildi.

«Hozirgi vaqtda Dubay aeroporti (DXB) yölovçilarni olib çiqiş uçun reyslarni amalga oşirişga ruxsat bermadi. Ruxsat faqat havo kemalarining texnik parvozlarini amalga oşiriş uçun taqdim etilgan. Centrum Air aviakompaniyasi vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Rasmiy ruxsat olinganidan söng aviakompaniya darhol qöşimça reyslarni taşkil etadi va yölovçilarni rasmiy kanallar orqali xabardor qiladi», deyiladi xabarda.

Avvalroq BAA fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi BAA aeroportlaridan çeklangan miqdordagi reyslar amalga oşirilişini tasdiqlagandi.

Dunyodagi eng yirik Dubay aeroporti 28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga qarşi uruş boşlaganida reyslarni qabul qiliş va jönatişni töxtatdi. Oqibatda minglab sayyohlar aeroportlarda qolib ketgan edi.