
Bir neça kun oldin Ispaniyaning sotsialistik rahbariyati bazalardan Eronga hujum qiliş uçun foydalanişga yöl qöymasligini e’lon qildi. Şundan keyin AQŞ Ispaniya janubidagi Rota va Moron harbiy bazalaridan 15 ta samolyotni, jumladan, havoda yoqilği quyuvçi tankerlarni boşqa joyga köçirdi.
«Ispaniya özini dahşatli tutdi», - dedi Tramp 3 mart kuni Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan Oq uydagi uçraşuvda. U AQŞ Moliya vaziri Skott Bessentga Ispaniya bilan «barça aloqalarni uziş» haqida körsatma berganini qöşimça qildi.
.@POTUS: "Some of the European nations have been helpful, and some haven't—and I'm very surprised. Germany's been great... Spain has been terrible. In fact, I told Scott to cut off all dealings with Spain."
— Rapid Response 47 (@RapidResponse47) March 3, 2026
"By the way, I'm not happy with the U.K. either." pic.twitter.com/Q9qtyDVDbx
«Biz Ispaniya bilan barça savdo aloqalarini töxtatamiz. Bizning Ispaniya bilan heç qanday işimiz bölişini xohlamayman», deya Trampdan iqtibos keltirmoqda Reuters naşri.
Tramp oçiqçasiga Skott Bessent va AQŞ savdo vakili Jyeymison Grirdan Ispaniya bilan savdoni töxtatiş böyiça fikrlarini söradi. Grir bunga javoban: «janob, menimça, biz buni siz bilan hali maslahatlaşamiz. Biz buni qöllay olişingizni bilamiz va agar milliy hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlaş uçun kerak bölsa, buni qilamiz», - degan.
Bessentning qöşimça qilişiça, Savdo vazirligi Ispaniyani boşqa savdo qonunlari asosida jazolaş yöllarini tekşirişni boşlaydi.
«Ispaniya bilan boğliq barça biznesni töxtatişga huquqim bor. Embargo — nima xohlasam şuni qila olaman. Biz buni Ispaniya bilan amalga oşirişimiz mumkin»,













