Bloomberg agentligi xabardor manbaga tayanib 4 mart, çorşanba kuni ma’lum qilişiça, AQŞ ma’muriyati Rossiyaning “Rosneft” neft konserniga qaraşli Germaniyadagi şu’ba kompaniyani sanksiyalardan muddatsiz ozod etiş niyatida. Manba aytişiça, AQŞ Moliya vazirligining qarori 6 mart kuni kutilmoqda, biroq muddatlar özgarişi ham mumkin.

Uning sözlariga köra, Rossiya konsernining Germaniyadagi şu’ba kompaniyasiga nisbatan amaldagi istisno (ya’ni sanksiyalardan çiqariş)ni uzaytiriş GFRdagi neftni qayta işlaş korxonalari işida uzilişlar bölişi xavfini kamaytiradi. Hozir Yaqin Şarqdagi mojaro keskinlaşuvi jahon energetika bozorlarini beqarorlaştirmoqda.

Germaniya 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi fonida “Rosneft”ning mahalliy şu’ba kompaniyalarini işonçli boşqaruvçi nazoratiga ötkazgan. Aktivlar qatorida Germaniya şarqidagi Şvedt şahrida joylaşgan PCK neftni qayta işlaş zavodidagi uluş ham bor — u poytaxt hududi uçun yonilği yetkazib berişda muhim ta’minotçi hisoblanadi.

Oktyabr oyida Reuters agentligi Vaşington Berlinni yozma ravişda “Rosneft”ning Germaniyadagi aktivlarini AQŞning yangi energetika sanksiyalaridan istisno etgani haqida xabardor qilganini bildirgan edi.

GFR Iqtisodiyot vazirligi 4 mart kuni bayonot berib, AQŞ tomonidan kuzda joriy etilgan sanksiyalar Germaniyadagi şu’ba kompaniyalarga qaratilmaganini ma’lum qildi — çunki ular işonçli boşqaruvga topşirilgani natijasida Rossiyadagi tuzilmadan ajratilgan. Vazirlik bayonotida: “Tegişli Amerika ruxsatnomasini imkoni boriça ertaroq uzaytiriş maqsadida, biz AQŞning vakolatli idoralari bilan yaqin va juda konstruktiv muloqot olib bormoqdamiz”, — deyiladi.

AQŞning tegişli idorasi OFAC uşbu vaziyatni inobatga olgan holda, kuzdayoq tezkor javob qaytarib, General License deb ataladigan umumiy litsenziyani e’lon qilgan. Bu litsenziya Germaniyadagi şu’ba kompaniyalar AQŞ sanksiyalariga tuşib qolmasligini kafolatlaydi.