Pul yuvişda gumon qilinib Vengriyada uşlangan Ukrainaning “Oşçadbank” davlat bankining yetti nafar inkassatori vatanga qaytişga muvaffaq böldi. Bu haqda 6 mart, juma kuni Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa X ijtimoiy tarmoğida yozdi.
“Men prezident Zelenskiyga Budapeştda uşlab turilgan yetti nafar Ukraina fuqarosini ozod qilişga erişganimiz haqida axborot berdim. Ular hozir xavfsiz joyda va Ukraina çegarasini kesib ötdi”, — deb yozdi Ukraina taşqi siyosat idorasi rahbari, postga videoni ham ilova qilgan holda.
Payşanba kuni Vengriyada Ukrainaning “Oşçadbank” davlat bankiga tegişli ikki avtomobil uşlangan edi, ularda 40 million dollar, 35 million yevro va töqqiz kilogramm oltin bölgan. Pul yuviş gumoni bilan jinoyat işi qözğatildi. Vengriya hukumatining bayonotiga köra, pul va oltin taşiş göyoki Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX)ning sobiq generali va harbiy tajribaga ega yana bir neça şaxs rahbarligida amalga oşirilgan.
Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto Kiyevdan zudlik bilan izoh talab qildi va mamlakat orqali naqd pul taşilişi “ukrain harbiy mafiyasi bilan ehtimoliy aloqalar haqida jiddiy savollar tuğdirişi”ni aytdi. Siyyartoning ta’kidlaşiça, yanvardan beri Vengriya orqali 900 million dollar (778 million yevro) va 420 million yevro naqd pul, şuningdek 146 kilogramm oltin olib ötilgan. “Agar bu haqiqatan ham banklar örtasidagi tranzaksiya bölsa, nega u pul ötkazmasi orqali amalga oşirilmagan?” — deb yozdi u va Vengriya hokimiyati “çuqur tekşiruv ötkazişi”ni qöşimça qildi.
“Oşçadbank” esa uning inkassatorlari “Oşçadbank” va Avstriyadagi “Rayffayzenbank” örtasida çet el valutasi va bank metallarini muntazam ravişda taşişini bildirdi. Xabar qilinişiça, yuk xalqaro taşiş qoidalari va amaldagi Yevropa bojxona tartib-taomillariga muvofiq rasmiylaştirilgan.
Sibixa avvalroq Vengriyada yetti nafar Ukraina fuqarosining uşlanişini “davlat terrorizmi va reket” deb atagan edi. Ukraina Milliy banki (UMB) Budapeştdan ukrain inkassatorlarini darhol ozod qilişni talab qildi. Keyinroq ular Vengriyadan çiqarib yuborilişi ma’lum böldi.
Ukraina Taşqi işlar vazirligi ukrainaliklarga Vengriyada xavfsizlik kafolatlanmasligini bildirdi va ularni qöşni mamlakatga safar qilişdan, şuningdek Vengriya hududidan tranzit ötişdan tiyilişga çaqirdi. Bundan taşqari, Kiyev diplomatik idorasi Vengriyada Ukraina va Yevropa biznesi uçun ham “özboşimçalik tahdidlari”ni körmoqda.
Kiyev va Budapeşt örtasidagi munosabatlar sönggi kunlarda jiddiy tarzda yomonlaşdi. Bunga Vengriyaning Ukraina uçun 90 milliard yevro miqdoridagi Yevropa Ittifoqi krediti ajratilişini tösib qöygani sabab böldi. Budapeşt bu qarorini Kiyev Ukraina hududi orqali ötuvçi “Drujba” neft quvuri orqali Rossiya neftini Vengriyaga yetkazib berişni qayta tiklaşdan boş tortgani bilan izohladi. Kiyev esa neft quvuri Rossiya hujumlari oqibatida şikastlanganini aytmoqda, ammo uni közdan keçiriş uçun Yevropa Ittifoqi va Vengriya vakillarini kiritişga ruxsat bermagan.













