AQŞ Eron mintaqalariga va Amerika va Isroil tomonidan hali hujumga uçramagan boşqa guruhlarga yangi zarbalar beradi, dedi prezident Donald Tramp 7 mart kuni.
«Bugun Eronga juda kuçli zarba beriladi! Eronning yomon xatti-harakatlari tufayli hozir şu paytgaça nişon hisoblanmagan hududlar va odamlar guruhlarini butunlay yöq qiliş va muqarrar ölim [varianti] jiddiy körib çiqilmoqda», deb yozdi prezident Truth Social’da. Amerika-Isroil zarbalar kampaniyasi «ular taslim bölmagunça yoki, ehtimol, butunlay qulamagunça», davom etadi, deb qöşimça qildi Tramp.
Oq uy rahbari Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon Fors körfazi davlatlaridan raketa va dronlar hujumlari uçun uzr söraganidan keyin şunday murojaat bilan çiqdi. Öz navbatida Eron rahbari agar mamlakatiga hujum uyuştirilmasa, mintaqadagi qöşnilarga zarba bermasligini ham qöşimça qilgan edi.
«Hozir bombalar tufayli çangdek tözğiyotgan Eron Yaqin Şarqdagi qöşnilaridan keçirim sörab, taslim böldi va ularga boşqa öq uzmaslikka va’da berdi. Bu va’da faqat AQŞ va Isroilning şafqatsiz hujumlari tufayli berilgan edi. Ular Yaqin Şarqni egallab, öziga böysundirişga intilmoqda», dedi Tramp.
Uning sözlariga köra, Eron AQŞ va Isroil hujumlaridan söng «Yaqin Şarqdagi janjalkaş» bölişdan töxtab, «Yaqin Şarqdagi omadsizga» aylangan.












