Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yil yanvar–iyun oylarida davolaniş maqsadida Özbekistonga jami 35 401 nafar çet el fuqarosi kelgan.
Statistikaga köra, eng köp tibbiy turistlar Tojikistondan taşrif buyurgan. Mazkur davlatdan 19 096 nafar fuqaro Özbekistonga davolaniş uçun kelgan.
Keyingi örinlarda Qirğizistondan 9 552 nafar, Qozoğistondan 4 582 nafar, Afğonistondan 1 280 nafar va Rossiyadan 772 nafar fuqaro qayd etilgan.
Şuningdek, boşqa davlatlardan kelgan tibbiy turistlar soni 119 nafarni taşkil etgan.
Uşbu körsatkiçlar Özbekistonning tibbiy turizm sohasiga bölgan qiziqiş ortib borayotganini hamda mamlakatning qöşni davlatlar aholisi uçun tibbiy xizmatlar markazlaridan biriga aylanayotganini körsatadi.












