Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uchun yangi imtiyoz va rag‘batlar joriy etildi
O‘zbekistonda farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, investitsiyalarni kengaytirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlar belgilandi.
Foto: iStock
“Farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, 2026 yilda sohani rivojlantirishning ustuvor maqsadlari aniq belgilab berildi.
Xususan, farmatsevtika tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmini 8,5 trln so‘mga yetkazish, qiymati 1 mlrd AQSh dollari bo‘lgan istiqbolli investitsiya loyihalarini shakllantirish hamda 800 mln AQSh dollarlik yangi investitsiya loyihalarini boshlash asosiy vazifalar sifatida qayd etildi.
Farmonga ko‘ra, original dori vositalarining patent muddati tugaganidan keyin bir yil ichida mazkur dori turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rsatiladi. Jumladan, ushbu dorilarni ishlab chiqaruvchilarga texnologiyalar transferi xarajatlarining 50 foizi, biroq 50 ming AQSh dollaridan oshmagan qismi, yoki mahsulotni yaratishdagi ilmiy tadqiqot xarajatlarining 50 foizi, biroq 100 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.
Shuningdek, 2027 yil 1 yanvardan boshlab “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP” milliy sertifikatiga ega bo‘lgan korxonalarga sertifikat amal qilish muddati davomida o‘z ishlab chiqarish liniyalarida biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarishga ruxsat beriladi.
Mazkur choralar mahalliy farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, raqobatbardosh mahsulotlar turini kengaytirish va sohada innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:49 / 19.05.2026
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
23:36 / 29.04.2026
AQShda «opium epidemiyasi»ga sabab bo‘lgan farmatsevtika kompaniyasi yopiladi
22:38 / 08.04.2026