Ikkinçi Ğarbiy okrug harbiy sudida «Krokus Siti Holl»da terakt işi böyiça hukm çiqarildi.

Sud Dalerjon Mirzoyev, Saidakrom Rajabalizoda, Şamsiddin Fariduniy va Muhammadsobir Fayzovni umrbod qamoq jazosiga hukm qilgan.

Figurantlar terakt, terrorçilik faoliyatiga kömaklaşiş, terrorçilik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida ta’lim oliş va boşqa jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Sud tergovning uşbu şaxslar «IŞID-Xuroson viloyati» terrorçilik guruhi a’zolari bölgani haqidagi fikriga qöşilgan.

Şuningdek, sud ularning har biriga 990 ming rubl miqdorida jarima belgiladi. Ular jazoni maxsus tartibli koloniyada ötaydi.

Bundan taşqari, sud tergov tomonidan ijroçilarning şerigi deb hisoblangan yana 11 nafar ayblanuvçini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bular Umidjon va Mustaqim Soliyev, Şahramjon Gadoyev, Zubaydullo Ismoilov, Husayn Hamidov, Muhammad Şarifzoda, Yoqubjon Yusufzoda, Nazrimad Lutfulloyi, Jumaxon Qurbonov, Husayn Medov va Jabroil Auşevdir.

Yana tört nafar ayblanuvçi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan.

Xususan, uyini terakt ijroçilariga foydalaniş uçun bergan qirğizistonlik Alişer Qosimov 22 yil-u 10 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Uning kvartirasi musodara qilingan.

Isroil Islomin va uning öğillari Dilovar va Aminjon esa 19 yil-u 11 oyga qamalgan. Tergov Islominlarni maşinasini terakt ijroçilariga sotişda aybdor deb topgan. Ota va öğillardan biri yangiliklarda sobiq maşinasini tanib qolib, içki işlar bölimiga öz ixtiyori bilan kelgandi.

  • «Krokus Siti Holl» kinoteatridagi terakt 2024 yil 22 mart kuni röy bergandi. Terrorçilar öşanda «Piknik» guruhi konserti bölib ötişi kerak bölgan kompleksga hujum qilgandi. Ular «Krokus» xodimlari va mehmonlarni öqqa tutgan, keyin esa konsert zaliga öt qöygandi. Natijada kamida 147 kişi halok bölgan. 
  • Teraktning töğridan töğri ijroçilari bilan birga ularning şeriklari deb hisoblangan yana 15 kişi sud qilindi.
  • Terakt uçun javobgarlikni IŞIDning Afğonistondagi bölimi bölgan «IŞID-Xuroson viloyati» guruhi öz zimmasiga olgan. Vladimir Putin esa terrorçilar Ukraina manfaatlari yölida harakat qilganini aytgan.