Toşkent şahrining yagona qiyofasini yaratiş va jamoat joylarini rivojlantirişga qaratilgan dizayn-kod xalq deputatlari Toşkent şahar kengaşi tomonidan rasman tasdiqlandi. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qömitasi xabar berdi.

Dizayn-kod 2025 yil dekabrida Toşkent Invest kompaniyasi buyurtmasiga köra, Citymakers International tomonidan işlab çiqilgandi. Hujjatda poytaxt hokimiyatining takliflari ham inobatga olingani aytilmoqda.

Ma’lumot uçun, Citymakers International – şaharlarni rivojlantiriş loyihalarini işlab çiqiş va ularni amalga oşiriş jarayonini kuzatib boriş bilan şuğullanuvçi tahliliy va loyiha markazi hisoblanadi. Kompaniya Moskva şahridagi Zaryade Park loyihasini işlab çiqişda iştirok etgan. Bu park zamonaviy arxitekturaning katta yutuği va Rossiya hamda uning poytaxtining yangi ramzi deb ataladi.

Endilikda yagona dizayn-kod bilan jamoat joylarini rejalaştiriş, şahar dizayni elementlarini joylaştiriş, tijorat obektlarini bezaş hamda şaharning vizual identifikatsiyasiga oid qoidalar belgilanadi.

Unda dizayn elementlari kataloglari, turistik va gastronomik köçalar röyxati, şuningdek, obodonlaştiriş va sanitariya tozaligi uçun ekspluatatsiya yiğimi miqdori ham kiritilgan.

Dizayn-kodini tartibga solişning asosiy yönalişlari:

  • binolar arxitekturasi: materiallar, rang yeçimlari, fakturalar, fasadlar, vitrinalar va kiriş qismlarini bezaş;
  • peşlavhalar va reklama: ölçamlari, şriftlari, yoritilişi va ruxsat etilgan joylaşuvi;
  • obodonlaştiriş: trotuarlar, köça yoritkiçlari, örindiqlar, çiqindi qutilari, kökalamzorlaştiriş elementlari;
  • köça elementlari: tösiqlar, yöl körsatkiçlari, jamoat transporti bekatlari, kiçik me’moriy şakllar;
  • tarixiy muhit: yodgorliklar va tarixiy hududlarning me’moriy qiyofasini saqlab qoliş çora-tadbirlari.

Hujjatga köra, poytaxtdagi tuman hokimliklari ikki oy içida boş arxitektorlar nazorati ostida jamoat joylari çegaralari sxemalarini işlab çiqişi kerak.