Statistikaga köra, mamlakatda turizm sohasida faoliyat yuritayotgan taşkilotlar soni sönggi yillarda barqaror ösiş sur’atini namoyon etmoqda. Jumladan, 2022 yil 1 fevral holatiga bu körsatkiç 1 841 tani taşkil etgan bölsa, 2023 yilda 2 374 taga yetgan. 2024 yilda 2 539 ta, 2025 yilda esa 2 592 ta taşkilot faoliyat yuritgan.
2026 yilga kelib mazkur körsatkiç 3 143 taga yetgani mamlakatda turizm xizmatlariga bölgan talab ortib borayotganini hamda sohada yangi kompaniyalar soni köpayib borayotganini körsatadi.
Sönggi yillarda turizm sohasini rivojlantirişga qaratilgan davlat dasturlari, vizaviy tartiblarning soddalaştirilişi, içki va taşqi turizmni qöllab-quvvatlaş çoralari hamda yangi infratuzilma obektlarining barpo etilişi sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar sonining köpayişiga xizmat qilmoqda.
Şuningdek, turoperator va turagentlar sonining ortişi mamlakatga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini köpaytiriş, içki turizmni rağbatlantiriş va turizm xizmatlari bozorida raqobat muhitini kuçaytirişda muhim omil hisoblanadi.












