CNN naşri AQŞ va undan taşqarida bu yil eng köp muhokama qilinadigan 11 ta me’moriy loyiha şarhini keltirdi.

Sagrada Familia, Barselona, Ispaniya

Qurilişi boşlanganidan taxminan 144 yil ötgaç, dunyodagi eng uzoq muddatli loyiha yakunlaniş arafasida. Haykallar, dekorativ detallar va Sagrada Familia asosiy zinapoyasi ustidagi işlar 2030 yillargaça davom etişi mumkin. Ammo bu yil iyun oyida me’mor Antonio Gaudi vafotining yuz yilligi munosabati bilan Iso Masihning 170 metrlik minorasi, bazilikaning ön sakkizinçi va sönggi minorasi qurilişini yakunlaş rejalaştirilgan.

Foto: Josep Lago/AFP/Getty Images

Gaudi faqat birinçi minora qurilişini tugatgunga qadar yaşadi. Loyihaning aql bovar qilmas darajada murakkabligi va dekorativ bezatilişi, gotika, modern va tabiatdan ilhomlangan şakllarning syurrealistik uyğunligi qurilişning juda uzoq muddati sabablarini qisman tuşuntiradi. Ammo mablağ yetişmasligi, byurokratik tösiqlar va COVID-19 pandemiyasi ham öz hissasini qöşdi.

Ehtimol, eng katta sinov 1936 yilda Gaudining çizmalari va gips modellarining yöq qilinişi edi – uning ustaxonasi Ispaniya fuqarolar uruşi paytida yoqib yuborildi. Me’morlarning keyingi avlodlari çerkovning yakuniy taxminiy qiyofasini tikladi, biroq Gaudi uni ma’qullaş-ma’qullamasligi endi heç qaçon ma’lum bölmaydi.

520 Fifth Avenue, Nyu-York, AQŞ

Foto: Binyan Studios/Courtesy KPF

Nyu-Yorkda osmonöpar binolar haqidagi tasavvurlar özgarmoqda. Silliq şişa fasadlar davri öz örnini Amerikaning me’moriy ötmişiga işora qiluvçi yanada uluğvor va qudratli minoralarga böşatib beradi. Uşbu özgarişning isboti sifatida şaharning ikkita eng yangi «super baland binolarining» qoramtir siluetlariga qaraş kifoya: Park Avenue 270 manzilida joylaşgan JPMorgan Çase’ning qudratli, ulkan ştab-kvartirasi va neo-ar-deko uslubida qurilgan, bronza va qora toş bilan qoplangan Bruklin minorasi.

Şahar manzarasining navbatdagi yirik vakili 520 Fifth Avenue binosi Amerika «oltin davrida» gullab-yaşnagan bozor uslubida yaratilgan. 300 metr balandlikdagi terrakota arkli minora ötgan davrni eslatadi va köçadagi arklarning «ritmi» bevosita 135 yillik Century Association binosidan ilhomlangan. Kohn Pedersen Fox (KPF) me’morlari, şuningdek, Markaziy vokzal va Nyu-York jamoat kutubxonasini, şuningdek, Xyu Ferris tomonidan yaratilgan zinapoyali şahar manzaralarini ilhom manbai sifatida tilga oladi, uning ğamgin illyustratsiyalari Betmen koinotidagi Gotem-Sitiga kuçli ta’sir körsatgan.