Toşkentda elektromobillarning quvvat stansiyalari faoliyati böyiça taftiş doirasida köplab “zapravka”lar elektr tokidan uzib qöyilgandi. Toşkent şahar hokimi örinbosari Abdurahmon Baxtiyev buni “hamma uçun mağlubiyatli holat” deb atadi. Uning aytişiça, ayni muammoni hal qiliş uçun hozirda reglament yangilanmoqda.

Yaqinda Toşkent şahridagi elektromobillarni tezkor quvvatlaş stansiyalari subiste’molçi bölib transformatorga ulangani, ortiqça yuklama tarmoqlarda yuklama keltirib çiqarişi vaji bilan elektr tokidan uzib taşlandi.

Jarayon boşlanganining dastlabki 2 kunida 100 dan ortiq stansiyalarda şunday holat yuzaga kelgan. Buning ortidan tadbirkorlar e’tirozlar bilan çiqişgandi. Kun.uz ayni masalani avvalroq şarhlagan.

Toşkent şahar hokimi örinbosari Abdurahmon Baxtiyev OAV vakillari bilan ötgan anjumanda vaziyatga izoh berdi. Uning aytişiça, “bu – hamma uçun mağlubiyatli holat”. U şahar hokimiyati nega bu qarorga kelganini tuşuntirişga urindi.

“Reglament va şahar yeri bor. Bu şahar yeriga elektr zaryadlaş şoxobçasini örnatiş uçun onlayn auksionda qatnaşib, şu yerni sotib oliş kerak. Köpinça öçirilgan elektr zaryadlaş şoxobçalari davlat, şahar yerida joylaşgan va buning uçun pul tölanmaydi. Ular auksionda sotib olinmagan. Şuning uçun biz ularni öçirişga majburmiz.

Bu yerda tadbirkorlar qanday mexanizmni qöllaşadi? Yonida joylaşgan dökon bilan kelişib, ularning kadastr raqamini oladi va ruxsat beruvçi organlarga hujjat topşirişadi. Şu kadastr asosida ruxsatnoma olinadi. Şu tariqa, ma’lumotlar biroz buzilişi yuzaga keladi, bu esa şahar budjeti öz pullarini ololmay qolişiga olib keladi.

Bizning öçirayotganimiz, albatta, hozirça biz uçun majburiy çora, çunki özingiz bilasiz, qişki mavsum ham, yozgi mavsum ham tuman elektr tarmoqlari, şu jumladan, şahar elektr tarmoqlari uçun oğriqli masala”, – deydi u.

Ta’kidlanişiça, muammoni hal qiliş uçun rasmiylar tadbirkorlar bilan uçraşib, işçi tartibda mavzuni muhokama qiliş boşlangan. Quvvat stansiyalarining faoliyatini tartibga soluvçi qonunçilik hujjati yangilanayotgani bildirildi.