Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Jizzax viloyati boşqarmasi, Paxtakor tuman bölimi katta tezkor vakili (operativnik) firib ustida qölga olindi, deb xabar berdi DXX.
Qayd qilinişiça, u muqaddam sudlangan tanişi bilan til biriktirib, texnika ta’minoti bilan şuğullanuvçi korxona iş boşqaruvçisining işonçiga kirgan. U bilan Jizzax şahar Maktabgaça va maktab ta’limi bölimi örtasida 20 dona interaktiv doska oldi-sotdi şartnomasini elektron dökon orqali tuzilişida ğoliblikni qölga kiritib, doskalarni qimmat narxda ötkazib berişni va’da qilgan. Öz «xizmatlari» evaziga korxona iş boşqaruvçisidan 85 mln söm talab qilgan.
Aniqlanişiça, departamentning katta tezkor vakili xizmat mavqeidan foydalangan holda, Jizzax şahar Maktabgaça va maktab ta’limi bölimiga asl narxi 15,2 mln söm bölgan interaktiv doskalarni 25 mln sömdan ötkazib bermoqçi bölgan. DXX va prokuratura organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda u 85 mln sömni olgan vaqtida uşlangan. Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, undan 30 mln sömni departament xodimi özining şerigi – maktab direktori bilan birgalikda olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tezkor vakil va maktab direktori qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












