Qarşi şahrida içki işlar xodimlari qidiruvda bölgan yigitni ayol qiyofasida yurgan payti hibsga oldi. Bu haqda 14 mart kuni Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, profilaktik tadbirlar ötkazilayotgan paytda jamoat xavfsizligini saqlaş xodimlari Jinoyat kodeksining 228- va 168-moddalari böyiça ayblanayotgan va qidiruvda bölgan 25 yoşli yigitni uşlagan. Ta’kidlanişiça, u huquqni muhofaza qiluvçi organlar nazaridan çetda qoliş maqsadida ayollarga xos kiyinib, özini tanitmaslikka uringan. Hozir u vaqtinçalik saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.
Jinoyat kodeksining 228-moddasida hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalanganlik uçun jazo nazarda tutilgan. 168-modda bilan esa firibgarlikka qöl urganlar jazolanadi.












