Avval xabar berilganidek, Özbekistonda 2026 yil 1 apreldan boşlab köçmas mulklar va işlab çiqarilganiga 10 yoşdan oşmagan transport vositalari oldi-sotdisi eskrou hisobraqamlar orqali amalga oşiriladi.

Markaziy bank eskrou hisobraqamlar orqali amalga oşiriladigan bitimlar böyiça xizmatlar uçun davlat uluşi mavjud banklardagi komissiyalarni e’lon qildi:

  • Köçmas mulk böyiça: komissiya bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizidan oşmaydi (ya’ni 206 000 sömgaça).
  • Avtotransport vositalari böyiça: komissiya bazaviy hisoblaş miqdorining 25 foizidan oşmaydi (ya’ni 103 000 sömgaça).
  • Muhim jihat: agar xaridor va sotuvçiga bitta bankda xizmat körsatiladigan bölsa, komissiya faqat bir marta olinadi.
  • Agar xaridor va sotuvçining banklari boşqa-boşqa bölsa, har bir bank komissiyaning yarmidan oşmagan qismini oladi.
  • Agar bitim amalga oşmasa yoki bekor qilinsa, eskrou hisobvarağidagi mablağ xaridorga qaytariladi.

Yuqorida körsatilgan maksimal komissiyalar faqat davlat uluşi mavjud tijorat banklarida amal qiladi. Boşqa tijorat banklarida esa komissiya miqdori bankning içki tarif siyosatiga muvofiq belgilanadi.

Ma’lumot uçun, quyidagi banklarda davlat uluşi mavjud:

  • Özmilliybank
  • Agrobank
  • Özsanoatqurilişbank
  • Asaka bank
  • Xalq banki
  • Biznesni rivojlantiriş banki
  • Aloqa bank
  • Mikrokreditbank
  • Turon bank