AQŞ Davlat departamenti 2 apreldan boşlab viza garovi dasturini 50 ta davlatga tatbiq etadi - uşbu davlatlar fuqarolari B1 va B2 biznes va sayyohlik vizalarini olişda 15 ming dollar tölaşi şart böladi. Garov AQŞni öz vaqtida tark etgan yoki vizadan foydalanmaganlarga qaytarib beriladi.
38 davlatdan iborat amaldagi röyxatga 12 ta yangi davlat qöşiladi: Kamboja, Efiopiya, Gurjiston, Grenada, Lesoto, Mavrikiy, Möğuliston, Mozambik, Nikaragua, Papua-Yangi Gvineya, Seyşel orollari va Tunis. Dasturdagi mamlakatlarning aksariyati Afrikadan. Davlat departamenti migratsiya xavfini baholaş asosida unga yangi davlatlarni kiritiş huquqini özida saqlab qoladi.
Departament ma’lumotlariga köra, dastur allaqaçon öz samaradorligini isbotlagan: garov şartlari asosida viza olgan mingga yaqin xorijliklarning 97 foizi belgilangan muddatlarda vataniga qaytgan. Rasmiylar Bayden prezidentligining sönggi yilida xuddi şu 50 mamlakatning 44 mingdan ortiq fuqarosi AQŞda böliş muddatini buzganiga e’tibor qaratmoqda.
Davlat departamentining ta’kidlaşiça, dasturning kengaytirilişi yiliga 800 million dollargaça tejaş imkonini beradi, çunki mamlakatda noqonuniy bölib turgan bir xorijlikni deportatsiya qilişning örtaça qiymati 18 ming dollardan oşadi.
Viza garovi - Tramp ma’muriyatining migratsiya siyosatini keng miqyosda qat’iylaştirişning bir qismi.












