Mart oyining oxirida Toşkent şahri FIFA Series xalqaro örtoqlik turniriga mezbonlik qiladi. Milliy terma jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaro maskur yiğin uçun jalb etilgan futbolçilar röyxatini e’lon qildi.
Darvozabonlar: Ötkir Yusupov («Navbahor»), Abduvohid Ne’matov («Nasaf»), Botirali Ergaşev («Neftçi»).
Himoyaçilar: Rustamjon Aşurmatov («Istiqlol», Eron), Umarbek Eşmurodov («Nasaf»), Abduqodir Husanov («Mançester Siti», Angliya), Muhammadrasul Abdumajidov, Hojiakbar Alijonov, Şerzod Nasrullayev, Muhammadqodir Hamraliyev («Paxtakor»), Behruz Karimov («Surxon»), Jahongir Örozov («Dinamo»), Farruh Sayfiyev («Neftçi»).
Yarim himoyaçilar: Umarali Rahmonaliyev («Sabah», Ozarbayjon), Ibrohim Ibragimov, Dostonbek Hamdamov, Akmal Mozgovoy («Paxtakor»), Alişer Odilov, Jamşid Iskanderov («Neftçi»), Otabek Şukurov («Baniyas», BAA), Azizjon Ğaniyev («Al Bataeh», BAA), Oston Örunov («Persepolis», Eron).
Hujumçilar: Eldor Şomurodov («Istanbul Başakşehir»), Igor Sergeyev («Persepolis», Eron), Şerzod Temirov («Erbil», Iroq).
Musobaqa 27-30 mart kunlari ötkaziladi.
27 mart
15:00 Venesuela – Trinidad va Tobago («Paxtakor» stadioni);
19:00 Özbekiston – Gabon («Bunyodkor» stadioni).
30 mart
15:00 Gabon – Trinidad va Tobago («Paxtakor» stadioni);
19:00 Özbekiston – Venesuela («Bunyodkor» stadioni).

Ma’lumot uçun, FIFA Series 2026 turnirlari örtoqlik öyinlari örnini bosişi nazarda tutilgan va butun dunyo böylab ötkaziladi. Erkaklar örtasidagi bahslarga Avstraliya, Ozarboyjon, Indoneziya, Qozoğiston, Yangi Zelandiya, Puerto-Riko, Ruanda va Özbekiston mezbonlik qiladi. Ayollar örtasidagi musobaqalar Braziliya, Kot-d’Ivuar va Tailandda bölib ötadi.
Turnirda iştirok etayotgan beşta erkaklar milliy jamoasi - Avstraliya, Kabo-Verde, Kyurasao, Yangi Zelandiya va Özbekiston 2026 yilgi jahon çempionati iştirokçisi sanaladi.












