Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida qurilayotgan “Rohat” turar-joy majmuasi mas’ullariga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Kun.uz’ning içki işlar organlaridagi manbasi xabar berdi.

Unga köra, qurilish firmasi rahbari hamda sotuv bölimi boşliği qamoqqa olingan. Ular juda köp miqdorda firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda gumonlanmoqda. Jabrlanuvçilar 200 nafardan ortiq. Hozirgaça aniqlangan zarar 50 mlrd sömdan oşadi.

Kun.uz’da mavjud hujjatlarga köra, “Rohat” turar-joy majmuasi “Broccoli Plus” MÇJ tomonidan qurilmoqda. 2020 yil mart oyida davlat röyxatidan ötkazilgan MÇJ rahbari Şohbozmirzo Hojiyev, ta’sisçilari esa Sadullo Nasulloyev hamda Aslbek Karimov hisoblanadi. 

Fuqarolarga sotilgan “Rohat” turar-joy majmuasi avvalroq qurilish firmasining bank oldidagi 5,5 mln dollar kredit qarzdorligini söndiriş uçun sud qaroriga asosan auksionga çiqarilgani aniqlangandi. Endilikda mazkur turar joy majmuasidan uluş kiritiş asosida xonadon sotib olgan yuzlab xaridor “dom” auksionda sotilsa, yangi ega uylarni boşqa xaridorlarga sotib yuborişidan xavotirda.