Polşa boş vaziri Donald Tusk The Washington Post gazetasi suriştiruviga izoh berdi. Unda Viktor Orban hukumati atrofidagilar Yevropa Ittifoqi majlislaridan olingan ma’lumotlarni Kremlga uzatib kelgani aytilgan.

“Orbanning odamlari YeI Kengaşi yiğilişlari haqida Moskvaga eng mayda tafsilotlargaça axborot berib turgani haqidagi yangilik heç kimni hayratga solmasligi kerak. Biz buni ançadan beri gumon qilardik. Şuning uçun men faqat öta zarur hollardagina sözga çiqaman va faqat kerakli gaplarni aytaman”, — deb yozdi polyak siyosatçisi 22 mart, yakşanba kuni X platformasida.

The Washington Post materialida, xususan, Viktor Orban hukumati uzoq yillar davomida Moskvaga Yevropa siyosatçilari uçraşuvlari jarayoni haqidagi nozik ma’lumotlardan foydalaniş imkonini berib kelgani aytilgan.

Naşr suhbatlaşgan amaldagi va sobiq yevropalik xavfsizlik rasmiylarining sözlariga köra, Kreml bu axborotni ikki yöl bilan olgan: birinçisi — YeI yiğilişlarida iştirok etgan vengriyalik amaldorlar orqali töğridan töğri, ikkinçisi esa — Rossiya hakerlarining Vengriya taşqi işlar vazirligi kompyuter tarmoqlariga kirib borişi orqali.

WP manbalaridan birining aytişiça, Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto YeI yiğilişlari orasidagi tanaffuslarda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovga muntazam qönğiroq qilib, unga “muhokama qilingan masalalar böyiça tezkor hisobotlar” berib turgan va Yevropa yetakçilari qabul qilişi mumkin bölgan qarorlar haqida xabardor qilgan.

“Şunday qönğiroqlar tufayli Moskva köp yillar davomida de-fakto muzokaralar stoli atrofida hozir bölib kelgan”, — dedi WP suhbatdoşi.

Rossiya Ukrainaga qarşi töliq miqyosli bosqinni boşlaganidan buyon Siyyarto Moskvaga 16 marta rasmiy taşrif bilan borgan. Sönggi taşrif 2026 yil 4 mart kuni bölib ötgan, öşanda u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşgan.

Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto The Washington Post xabarlarini yolğon deb atadi va ular göyo parlament saylovlari arafasida Peter Madyarning “Hurmat va erkinlik” (TISZA) muxolifat partiyasini qöllab-quvvatlaşga qaratilganini bildirdi.