Prezident Şavkat Mirziyoyev 23 mart kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohasida 2026-2030 yillarga möljallangan ustuvor umummilliy loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Taqdimotda “Yaşil makon” doirasida botanika va dendrologiya boğlari konsepsiyasi yuzasidan axborot berildi. Qayd etilganidek, botanika boğlari mahalliy va xorijiy ösimliklarni örganiş, saqlaş, köpaytiriş va namoyiş etişga xizmat qilsa, dendrologiya boğlari daraxt va buta turlarini introduksiya qiliş, akklimatizatsiya qiliş va ilmiy asosda parvarişlaşga ixtisoslaşgan hududlar hisoblanadi. Konsepsiyaga köra, botanika boğlarida turli floristik ekspozitsiyalar, oranjyereya, köçatxona, köl, içki yölaklar, besedka va gulxona kabi obektlar joylaştiriladi.
Hozirgi kunda mamlakatda 3 ta botanika boği mavjud bölsa, loyiha doirasida yana 12 ta botanika va 16 ta dendrologiya boğini taşkil etiş rejalaştirilgan. Bu jarayonda har bir hududning tuproq-iqlim şaroiti hisobga olinib, mos daraxt va butalar tanlanadi.
2028 yilga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi, barça viloyatlar va Toşkent şahrida maydoni 100 gektardan kam bölmagan botanika va dendrologiya boğlarini taşkil etiş reja qilingan. Natijada 2030 yilgaça mamlakatda umumiy yaşillik darajasini 14,2 foizdan 30 foizgaça oşiriş, PM2,5 va PM10 konsentratsiyasini 20-25 foizga kamaytiriş, iqlimi oğir hududlarda havo haroratini örtaça 1,5-2 darajaga pasaytiriş maqsad qilingan.
Şu bilan birga, poytaxtda Milliy dendrologiya boğini barpo etiş konsepsiyasi ham taqdimot qilindi. Uşbu yirik yaşil hududning umumiy maydoni 108 gektarni taşkil etişi belgilangan. Loyiha doirasida 50 ming tup daraxt köçati va 100 ming tup buta ösimliklari ekilişi nazarda tutilgan. Park biologik xilma-xillikni saqlaş, havo sifatini yaxşilaş, uglerod yutilişini oşiriş, ilmiy tadqiqot va seleksiya işlarini yölga qöyiş, şuningdek, şahar mikroiqlimini soğlomlaştirişga xizmat qiladi. Boğ havo haroratini 2-4 darajaga pasaytirib, namlikni 10-15 foizga oşirişi mumkin.
Milliy dendrologiya boği faqat kökalamzor hudud emas, balki ilmiy, ma’rifiy va jamoat makoni sifatida ham şakllantiriladi. Unda “Dunyo daraxtlari” hududi, 6 ta iqlim mintaqasiga xos ösimliklar kolleksiyasi, mevali va mahalliy daraxtzorlar, dorivor ösimliklar boği, oranjyereya, gulzorlar, dam oliş maydonlari, piyodalar va velosiped yölaklari, avtoturargoh, taşrif buyuruvçilarni kutib oliş maydoni barpo etiladi.
Boğning markaziy qismida 1 gektarlik sun’iy köl va uning atrofida sakura boği taşkil qiliş rejalaştirilgan. Park infratuzilmasida quyoş panellari, qayta işlangan materiallardan tayyorlangan skameyka va besedkalar, avtomatlaştirilgan tomçilatib suğoriş tizimi kabi zamonaviy ekologik texnologiyalardan foydalaniş közda tutilgan. Bu yer Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişi universiteti (“Green University”) uçun tabiiy laboratoriya, aholi uçun esa bioturizm va ekota’lim markaziga aylanadi.












