Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişidan söng Şavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 10 ta yirik qöşma loyihani işga tuşiriş marosimida iştirok etdi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Ular doirasida Tojikistonda mebel va çarm mahsulotlari korxonalarini taşkil etiş, maişiy texnika işlab çiqarişni kengaytiriş, töqimaçilik quvvatlarini barpo qiliş, Toşkentda turar joy majmuasi va savdo obektlarini quriş hamda Farğona viloyatida konserva mahsulotlari işlab çiqarişni yölga qöyiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, Andijon viloyatida sut mahsulotlari, Surxondaryo viloyatida esa meva şarbatlari va metall briketlar işlab çiqariş quvvatlari işga tuşirildi.

Şuningdek, Yangi Toşkentdagi köçalardan biriga Duşanbe şahri nomini berişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.