«Eron hukumati iltimosiga köra […] men elektr stansiyalarni vayron qiliş davrini 10 kunga, 2026 yil 6 aprel, duşanba kuni şarqiy vaqt böyiça soat 20:00 ga qadar [Grinviç böyiça 7 aprelga ötar keçasi yarim tun] töxtatib turaman. Muzokaralar davom etmoqda va soxta OAV va boşqa manbalarning notöğri bayonotlariga qaramay, ular juda yaxşi ötmoqda», – deya yozgan u Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Ötgan hafta oxirida Tramp agar Tehron 48 soat içida Hörmuz böğozini oçmaydigan bölsa, Erondagi elektr stansiyalarni «yakson qilişi» haqida ogohlantirgandi. Eron hukumati bunga javoban böğozni kemalar qatnovi uçun töliq yopişini ma’lum qilgandi.
Duşanba kuni Tramp AQŞ va Eron uruşni yakunlaş böyiça «samarali muzokaralar» olib borayotganini aytib, Eron energetikasiga zarbalarni beş kunga keçiktirişga buyruq berdi.
Çorşanba kuniga kelib AQŞ uruşni tugatiş uçun Eronga 15 şartni öz içiga olgan röyxatni yuborgani ma’lum böldi, ammo Tehron bu talabnomani rad etib, özining beş banddan iborat rejasini taklif etgan.
AQŞ Eron tomonidan aynan kim bilan muloqot qilayotgani hozirça noma’lum. Bir kun avvalgi bayonotida Tramp Eron rasmiylari öldirilişdan qörqib, muzokaralar olib borilayotganini rad etayotganini aytgandi.
«Ular muzokaralar olib borişmoqda va bitim tuzişni juda xohlaşmoqda. Ammo ular bu haqda gapirişdan qörqişadi, çunki ular öz vatandoşlari tomonidan öldirilişi mumkin. Ular, şuningdek, biz ularni öldirişimizdan qörqişadi», – dedi u jurnalistlarga.
Eronning «sovğasi»
Tramp Eron energetikasiga zarbalar keçiktirilişini ma’lum qilganidan köp ötmay, jahon bozorlarida neft narxi pasayişni boşladi. Payşanba kuni esa narxlar ösişda davom etdi – bu uruşning davom etişi neft taqçilligi olib kelişi haqidagi xavotirlarni aks ettiradi.
Payşanba kuni AQŞ hukumati yiğilişida Tramp Eron hukumati unga aynan qanday sovğa berganini ham aytib ötdi. Bungaça Oq uy rahbari eronliklar unga qimmatbaho narsa sovğa qilişganini ma’lum qilgan, biroq aynan nima sovğa qilganiga aniqlik kiritmagandi.
Trampdan Eron bilan muzokaralar qanday ketayotgani haqida söraşdi va u Tehron öz niyatlarining jiddiyligini namoyiş etişni istayotganini aytdi. Keyin u Tehron ikki-uç kun oldin unga «sovğa» sifatida neft ortilgan sakkizta tankerni Hörmuz böğozidan ötkazişga va’da bergani va bu tankerlar haqiqatan ham böğozdan ötganini aytdi.
«Va men dedim: „Demak, biz töğri odamlar bilan işlayotganga öxşaymiz“. Darhaqiqat, ular ba’zi bir narsalar uçun uzr söraşdi va yana ikkita kemani ötkazib yuborişlarini aytişdi. Şunday qilib, natijada bizda bunday kemalar soni önta böldi», – dedi Tramp.













