Bozor bosqiçma-bosqiç özgarib bormoqda: haydovçilar uçun endi faqat tejamkorlik yoki faqat tezkorlik yetarli emas — ular murosasiz, yagona yeçimni kutmoqda.
Aynan şu talabga BYD YUAN UP DM-i javob beradi — elektrga xos tezkorlik, past yoqilği sarfi va uzoq masofaga erkin harakatlanişni birlaştirgan yangi avlod kompakt SUV.
Modelning asosiy xususiyati — DM-i texnologiyasiga asoslangan BYD Super Hybrid tizimidir. Uşbu tizim avtomobilni kundalik foydalanişda elektr yuritişda, uzoq masofalarda esa gibrid işlaş orqali samarali foydalaniş imkonini beradi.
110 kmgaça bölgan elektr yuriş zaxirasi kundalik yönalişlarning katta qismini yoqilğisiz bosib ötişga yetarli.
1100 kmgaça bölgan umumiy yuriş zaxirasi esa uzoq safarlarda ham qöşimça çeklovlarni bartaraf etadi.
Aralaş sikldagi yoqilği sarfi 3,1 l/100 km (NEDC)ni taşkil etadi va bu körsatkiç eng samarali natijalardan biridir.
0 dan 100 km/soatgaça 7,5 soniyada tezlaniş avtomobilga tez va barqaror harakat xususiyatini beradi.

YUAN UP DM-i global model sifatida işlab çiqilgan bölib, turli bozorlar va foydalaniş şaroitlariga moslaştirilgan — ziç şahar harakatidan tortib uzoq safarlargaça.
Özbekiston bozorida model 266 700 000 söm narxda taqdim etilmoqda va ilgari yuqori toifadagi avtomobillarga xos bölgan texnologiyalarni taklif qiladi.
Modelning texnologik asosi Blade Battery batareyasi va 43,04% issiqlik samaradorligiga ega dvigatelni öz içiga oladi. Bu esa yuqori samaradorlik, xavfsizlik va uzoq xizmat muddatini ta’minlaydi.
Salon içida esa qulaylik va kundalik foydalaniş imkoniyatlariga ustuvor e’tibor qaratilgan:
12,8 dyuymli sensorli ekran, özbek va rus tillarida ovozli boşqaruv, 50 Vt simsiz quvvatlaş, panoramali tom va 360 darajali köriş tizimi mavjud.
V2L (Vehicle-to-Load) funksiyasi avtomobil imkoniyatlarini kengaytiradi — taşqi qurilmalarni ulaş imkonini berib, uni qöşimça energiya manbaiga aylantiradi.













