Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ohangaronda 100 dan ortiq daraxt va butalar noqonuniy kesib tashlandi
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida o‘tkazilgan ekologik reyd davomida 100 dan ortiq ko‘p yillik daraxt va butalar noqonuniy ravishda kesilgani aniqlandi. Holat oqibatida tabiatga qariyb 1,5 milliard so‘m zarar yetkazilgan.
Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Ohangaron tumanida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida tumanning «Qorasuvyoqa» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida «F.A.B.» fermer xo‘jaligi tomonidan 11,5 gektar yer maydonida 100 dan ortiq ko‘p yillik manzarali daraxtlar va butalar noqonuniy tarzda kesilgani hamda ildiz qismi bilan qo‘porib ko‘mib tashlangani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlar davomida 59 tup daraxtning ildiz qismi aniqlangan. Ildizlar yo‘q qilib yuborilmasligi uchun hududga faollar jalb qilinib, navbatchilik ishlari tashkil etilgan.
Huquqbuzarlik natijasida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 464-sonli qaroriga muvofiq tabiatga 1 milliard 463 million 12 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qarorga ko‘ra, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan qimmatbaho daraxt va butalar moratoriy davrida kesilganda, yetkazilgan zarar miqdori ikki baravarga oshiriladi.
Holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
08:27 / 22.05.2026
Bekobodda “bangixona” tashkil qilgan jinoyatchilar fosh etildi
13:40 / 20.05.2026
Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga munosabatini aytdi
08:26 / 16.05.2026
Toshkent viloyatida 5 kilodan ortiq “opiy” musodara qilindi
09:22 / 06.05.2026