AQŞ prezidenti Financial Times uçun bergan intervyusida Erondagi «neftni qölga kiritmoqçi»ligi va Eron nefti eksport qilinadigan Xark oroli egallab olinişi mumkinligini aytdi.

Tramp Venesuelada bölgani kabi neftni töliq va çeksiz nazorat qiliş imkoniyatiga ega bölişni xohlamoqda.

«Töğrisini aytsam, menga eng köp yoqqani Erondagi neftni olib qöyiş ğoyasi, ammo AQŞdagi ayrimlar nega bunday qilayotganimni söraydi, çunki ular ahmoq», – deydi Amerika prezidenti.

Bunday reja Eron nefti eksporti markazi hisoblangan Xark orolini egallab olişni talab etadi.

«Balki Xark orolini işğol qilarmiz, balki yöq. Bizda köplab variantlar mavjud. [Işğol qilsak], bu u yerda biroz vaqt qolişimizni ham anglatadi», – deydi u.

Trampning fikriça, orolda qandaydir mudofaa borligi dargumon va şuning uçun AQŞ u yerni osonlik bilan egallab olişi mumkin.

Şu bilan birga, Amerika prezidenti pokistonlik «emissarlar» orqali ötkazilayotgan muzokaralarda oldinga siljiş borligini aytgan.

U qisqa vaqtiçida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişiş mumkinligi haqida gapirgan.

«Bizda 3 mingga yaqin nişon qoldi. Biz 13 ming nişonni bombaladik va yana bir neça mingini yöq qiliş qolgan. Juda tez fursatda kelişuvga erişişimiz mumkin», – deydi Tramp. Avvalroq u Eronga ultimatum muddatini 6 aprelga qadar uzaytirgandi – agar Tehron şu muddat içida Hörmuz böğozini oçmaydigan va öt oçişni töxtatiş şartlariga rozilik bermaydigan bölsa, Eron energetika obektlari zarba ostida qolişi mumkin.