Avstraliyaning Viktoriya va Tasmaniya shtatlarida aholi jamoat transportida bepul yurish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mahalliy hokimiyat yonilg‘i inqirozi davom etayotgani sababli ana shunday choraga qo‘l urishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi SBS telekompaniyasi.
Ushbu chora aholini shaxsiy avtomobildan foydalanishdan voz kechishga undash maqsadida joriy etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida yonilg‘iga bo‘lgan talabning kamayishiga olib keladi.
Viktoriya shtatida bir oy davomida, Tasmaniyada esa iyulgacha jamoat transportida yurish bepul bo‘ladi.
Avstraliyaning boshqa shtatlari hokimiyatlari esa yonilg‘i inqirozi davrida aholini qo‘llab-quvatlashning boshqa ko‘rinishlariga e’tibor qaratilishini bildirdi.











