Navoiyda Rossiya armiyasiga yollanib, uşbu davlatga ketmoqçi bölgan şaxs töxtatib qolindi. Kun.uz sud hukmi bilan tanişdi.
Talabalikdagi xato
Sud hujjatida keltirilişiça, Karmana tumanida yaşovçi, 2001 yilda tuğilgan J.Z. 2019 yilda Toşkentdagi oliygohlarning biriga öqişga qabul qilingan va 2023 yilda institutni tamomlagan. U talabalik davrida Toşkent şahrida tanişining Cobalt maşinasini boşqarib, YTH sodir etgan. Yigitning keyingi xatolari mana şu nuqtadan boşlangan.
J.Z. maşinani ta’mirlaş uçun tanişlaridan 20 mln söm qarz olgan. Söngra tanişlari pulni söray boşlagaç, foizga pul beruvçi şaxsdan 20 mln söm olgan. Navbatdagi qadamda u uşbu mablağning foizini uziş maqsadida bankdan 9,8 mln söm kredit rasmiylaştirgan. Şu tariqa, u qarz botqoğiga botişni boşlagan.
“Öz jonimga qasd qilmoqçi böldim”
J.Z. institutni tamomlab, Toşkent şahridan ketayotgan vaqtida tanişlaridan 35 mln söm atrofida qarzi bölgan. U 2024 yil may oyida Navoiyda tadbirkor tanişidan 5 ming dollar qarz olgan. Uşbu pulning 35 mln sömini avvalgi qarzlari uçun bergan, qolganini esa onlayn qimorga tikkan. U bu orqali köproq pul işlab olib, tadbirkor tanişidan qarzini uzişni maqsad qilgandi. Biroq bunday bölmadi, tikkan pulini yutqazib qöygan. Şu tariqa, 35 mln söm qarz 5 ming dollarga aylangan.
Söngra ammasining öğlidan 90 mln söm qarz olgan. Uşbu pulning ham 50 mln sömini onlayn qimorga tikib, yutqazgan. Ammo buni onasi bilib qolib, tilla taqinçoqlarini sotib hamda kredit olib, qarzga olingan 90 mln söm pulni uzişgan.
“Biroq tadbirkor tanişimning pulini qaytara olmadim. 2024 yil oktyabr oyi boşida işlab pul topiş va qarzimni uziş maqsadida Rossiyaning Mosvka şahriga ketdim. U yerda haydovçi bölib işladim. 2025 yil 20 yanvarda Özbekistonga qaytdim. Işlab kelgan pulimdan ming dollarini tadbirkor tanişimga qaytardim”, degan sudlanuvçi öz körsatmasida.
Şundan söng u Samarqand şahrida joylaşgan dori mahsulotlari tarqatuvçi kompaniyada iş boşlagan. Ammo dorixonalarning biridan 24 mln söm qarz olib, yana 1Xbet’ga tikib yuborgan. Yutqazib qöygan uşbu mablağni ham qarindoşlaridan qarz kötarib, uzgan.
Şu tariqa, J.Z.ning atrofdagilardan qarzi yana 90 mln sömga yaqinlaşgan.
“









