Yangiqörğon tumani Birlaşgan qişloğida yaşovçi 39 yoşli Munojot Töraboyeva oilaviy şifokor punktida qon köpaytiruvçi osma ukol olayotgan payti vafot etdi. Yaqinlari u soğlom, tetik bölganini aytmoqda. Tibbiyot xodimlariga köra, marhuma unga ötgan yili berilgan preparatni olib kelgan, dorining yaroqlilik muddati ötmagan. Ölimga ekspertiza aniqlik kiritişi kutilyapti. Kun.uz voqea tafsilotlarini örgandi.
Baxtsiz hodisa 28 mart kuni Yangiqörğon tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli Ğovazon oilaviy şifokorlik punktida bölgan.
Marhum Munojot Töraboyeva kunlik işlarda mehnat qilgan. Davlat tomonidan bepul beriladigan qon köpaytiruvçi preparatlarni olib kelgan. Bunday preparatlardan navbatdagisi unga ötgan yili sentabr oyida, keyinroq esa joriy yil 4 mart kuni berilgan.


Tibbiyot xodimlariga köra, Töraboyevaga ötgan yili sentabrda “Ferlek”, joriy yil mart oyida esa “Neofer” nomli qon köpaytiruvçi preparatlar berilgan. U vafotidan 3-4 kun oldin uç kunlik “Neofer” kursini yakunlagan. Lekin 28 mart kuni yana punktga kelib, tanasida oğriqlar borligidan şikoyat qilgan va sentabrda berilgan “Ferlek”dan bir dona qolib ketgani, uni uyida saqlab kelgani, joriy kursning davomi sifatida ana şu bir donani ham işlatib yuborişni söragan.
“Vraç nazoratida oling, bizga mumkin emas, deb aytdim. Lekin “yölkira qilib borib-kelişga pulim yöq” deganidan keyin, rahmim kelganidan ulab qöydim. Ulaşdan oldin “Ferlek”ning yaroqlilik muddatini kördim – 2026 yil oktyabrgaça. Natriy xlorniki 2027 yilgaça.
Oldin ham qon köpaytiruvçi dorini boşqa joyda olganida, sal mazasi qoçgan ekan. Biz birinçi yordam uçun heç narsa qilolmadik, buning uçun zarur heç narsamiz yöq”, – dedi marhumga ukol ulagan hamşira Gulbahor Ergaşeva.

Oilaviy şifokor Xudoyberdi Alijonovga köra, oilaviy şifokor punktlarida doim ham vraç bölavermaydi – kadrlar yetişmovçiligi bor. Uning özi öşa paytda Ğovazon mahalla tibbiyot punktida (mahallaning asosiy tibbiy maskani) bölgan, hamşiralarning çaqiruviga asosan çekkaroq joyda joylaşgan oilaviy şifokor punktiga yetib borganida ayol vafot etgan bölgan.





















