Şveytsariya kelgusi 4 yilga möljallangan mintaqaviy loyihalarga start berdi va dastur uşbu davlat budjetidan qoplanadi. Kun.uz bilan gaplaşgan elçi Konstantin Obolenskiyga köra, bu beminnat yordam hamda evaziga Şveytsariya mintaqadan heç nima kutmaydi.

Elçi Konstantin Obolenskiyga köra, bu Şveytsariyaning mintaqadagi barqarorlikning rivojlanişi, iqtisodiy ösişini qöllaşini isbotlamoqda. 

Ma’lum bölişiça, dastur ikkita asosiy yönaliş asosida qurilgan. Birinçisi suv va energiya. “Blue Peace Central Asia” loyihasi orqali suv resurslarini boşqarişda hamkorlik nazarda tutilgan. 

Yana bir eng muhim nuqta esa – iqlim özgarişi, Şveytsariya loyihasida şaharsozlikni nazoratga oliş orqali iqlim özgarişiga qarşi kuraş taklif qilinmoqda. 

Toza energiya, energiya samaradorligi va mintaqaviy energiya savdosini rivojlantiriş ham birinçi yönaliş qismiga kiradi.

 -Dasturni qanday amalga oşirasiz va boşqalardan, masalan, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo uçun loyihalaridan sizniki qanday farq qiladi?

“Biz aslida 1990 yillarda, Şveytsariya mustaqil Özbekistonni tan olganidan köp ötmay iş boşlaganmiz. Biz bu yerda elçixona oçdik va Özbekiston bilan rivojlaniş sohasida hamkorlikni boşladik. Işonçim komil, bu Şveytsariyaning kuçli tomonlaridan biri edi. Şuningdek, Şveytsariyaning yaşirin heç qanday maqsadi yöq. Ya’ni biz buni Özbekiston bilan savdo aloqalarini yaxşilaş yoki şunga öxşaş maqsadlarda qilmaymiz. Asosiy xohişimiz – dunyoni yanada xavfsizroq qiliş. Şveytsariya aslida şuni xohlaydi va bu Özbekistonda ham közlayotgan maqsadimiz hisoblanadi”, - deydi Şveytsariyaning Özbekistondagi elçisi.

Loyihaning ikkinçi yönalişi barqaror iqtisodiy rivojlanişni qöllaş xususida. Ya’ni bu yönalişda iş örinlarini yaratiş, öqitiş, yoş tadbirkorlarga yordam beriş, şaffof va normal qoidalarga asoslangan iqtisodiy özgarişlarni qöllaş, innovatsiyalarga pul tikiş nazarda tutilgan. 

-Bu dastur qanday moliyalaştiriladi?

“Bu şunçaki yordam emas, bu kreditlar ham emas. Bu sarmoya qilinayotgan Şveytsariya soliq tölovçilarining pullaridir”.