Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov 3 aprel kuni Nomzodlar turnirining 5-turida amerikalik Hikaru Nakamura ustidan ham ğalabaga erişdi.

Jahon reytingida Magnus Karlsendan keyin ikkinçi örinda turgan kuçli raqibga qarşi qora donalarda öynaganiga qaramay, Sindorov bu safar ham debyutda muvaffaqiyatli yurişlar amalga oşirdi va raqibni qiyin ahvolga tuşirib qöydi. Nakamura 13-yurişini öylaş uçun 67 daqiqadan köproq vaqt sarfladi va natijada Javohir vaqt böyiça katta ustunlikka ega böldi.

Yakunda esa taslim amerikalik şaxmatçi taslim bölişga majbur böldi.

Bu özbekistonlik şaxmatçi uçun turnirdagi törtinçi ğalaba (qatorasiga uçinçi) böldi. U endi 5 imkoniyatdan 4,5 oçko jamğargan holda peşqadamlikni davom ettirmoqda.

U Nomzodlar turniri tarixida startda bu qadar yuqori natija körsatgan ilk şaxmatçiga aylandi.

Qayd etiş kerakki, Sindorov turnirning ikki asosiy favoritini mağlub etdi: oldingi turda amerikalik boşqa bir şaxmatçi, jahon reytingida uçinçi örinda turgan Fabian Karuanani ham taslim qilgandi.

Bundan taşqari, Sindorov navbatdagi ğalaba evaziga jahon reytingida ham qöşimça ballarni qölga kiritdi va beşinçi öringa kötarilib oldi. Ayni vaqtda jahonning eng kuçli beş şaxmatçisidan ikki nafari özbekistonlik sportçilar bölib turibdi.

Endi Sindorov 4 aprel kuni 6-tur doirasida xitoylik Vey Iga qarşi dona suradi.

Kiprning Pafos şahrida 29 mart kuni boşlangan 2026 yilgi Nomzodlar turniri 15 aprelgaça davom etadi. Unda jahonning sakkiz nafar nomdor şaxmatçilari iştirok etmoqda. Javohir Sindorov uşbu turnirga yöllanma olgan ilk özbekistonlik hisoblanadi.