FVV xabariga köra, “Beşqörğon” savdo majmuasida yuz bergan yonğin tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruv va yonğin öçiriş bölinmalari tomonidan yonğin qisqa vaqt içida nazoratga olinib, keng hududga tarqalişining oldi olingan.

Vazirlik ta’kidlaşiça, yonğin oqibatida fuqarolar orasida jabrlanganlar yöq. Şu bilan birga, hodisa sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

FVV ayrim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “jabrlanganlar bor” mazmunidagi xabarlar asossiz ekanini qayd etib, ommaviy axborot vositalari va blogerlarni axborot tarqatişda ehtiyotkor bölişga çaqirdi.

5 aprel kuni Toşkent şahridagi «Beşqörğon» bozorida kuçli yonğin çiqqandi.

Ijtimoiy tarmoqlarda bozor hududida quyuq qora tutun ustuni osmonga kötarilgani aks etgan behisob videolar tarqalgan. Kadrlarda odamlar bozor içkarisidan öz tovar va maşinalarini olib çiqişga şoşilganini köriş mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berişiça, soat 15:56 da Çilonzor tumani, Toşkent katta halqa avtomobil yöli köçasida joylaşgan «Beşqörğon» bozorida dökon yonayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan.

Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan va yonğinni öçirişga kirişgan. Yonğin joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikromov yetib borgan.

Yonğin soat 18:18 da öçirildi. Hozirda yonğin sababi va zarari aniqlanmoqda.