Yiğilişda qayd qilinişiça, sönggi yillarda xususiy sektorni rivojlantiriş va investitsiyalar jalb qiliş böyiça salmoqli işlar amalga oşirildi. Bugungi kunda iqtisodiyotda davlat uluşi 42 foizni, davlat iştirokidagi korxonalarning soni esa 1 ming 685 tani taşkil etmoqda. Xususan, ötgan yili qariyb 30 trillion sömlik davlat aktivlari xususiylaştirilib, budjetga 10 trillion sömdan ortiq tuşum ta’minlandi. Yer uçastkalarini sotiş hajmi oşib, 6 trillion sömlik natijaga erişildi.
Xususiylaştirişdan manfaatdorlik tizimi joriy etilib, viloyatlarda 2,6 trillion söm, mahallalarda esa 7 milliard söm mablağ qoldi. Davlat korxonalari esa budjetga 49 trillion söm dividend töladi. Umuman, sönggi beş yilda xususiylaştiriş hisobidan davlat korxonalari soni 60 foizga kamaydi.
Yiğilişda sohada hal etilişi lozim bölgan masalalar körsatib ötildi. Xususiylaştiriş jarayonlarida iş örinlarini saqlab qoliş, yangi mulkdorlar tomonidan zamonaviy texnologiyalar joriy etilişi va işlab çiqariş samaradorligi oşirilişi böyiça talablarni kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi. Ötgan yili samarasiz işlayotgan davlat korxonalarining soni 362 taga yetgani bu boradagi işlarni yanada jadallaştirişni talab qiladi.

Taqdimotda davlat korxonalarini tahlil qiliş tizimida zamonaviy raqamli vositalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotgani qayd etildi. Moliyaviy holati oğirlaşgan 451 ta korxona 2024 yilda 14 trillion söm, ötgan yili esa 362 ta korxona 4 trillion söm zarar körgani aytildi. Şu munosabat bilan davlat iştirokidagi korxonalar faoliyatini çuqur tahlil qiliş, moliyaviy barqarorligini baholaş va muammolarni barvaqt aniqlaşning yangi mexanizmini joriy etiş zarurligi körsatib ötildi.
Xususiylaştirişda tahliliy yondaşuv yetarliça qöllanilmayotgani qayd etildi. Bundan buyon mazkur jarayon tarmoq yondaşuvi asosida taşkil etilib, har bir soha alohida tahlil qilinişi, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari baholanişi, raqobat muhiti örganilişi hamda takliflar şu asosda işlab çiqilişi belgilandi.
Hududlarda davlat mulkidan oqilona foydalaniş, böş turgan maydonlarni iqtisodiy faoliyatga jalb qiliş böyiça mavjud imkoniyatlar töliq işga solinmayotgani qayd etildi. Şu munosabat bilan davlat köçmas mulki obektlarini bosqiçma-bosqiç yagona boşqaruv tizimiga ötkaziş, bir xodimga töğri keladigan örtaça maydonni 27 kvadrat metrdan 12-15 kvadrat metrgaça qisqartiriş taklif etildi. Bu orqali 4,9 million kvadrat metr maydonni iqtisodiy aylanmaga kiritiş, böş binolarni savdo va ijaraga çiqariş, şuningdek, saqlaş va kommunal xarajatlarni qisqartiriş imkoniyati yaratiladi.












