Argentina prezidenti Xaver Miley ötgan yili özi ilgari surgan Libra kriptovalutasi atrofidagi janjal markazida qoldi, deb yozdi The New York Times. U Libra kriptovalutasi haqida ijtimoiy tarmoqda xabar e’lon qilib, Argentinadagi kiçik biznesni moliyalaştirişga yordam berişini aytganidan keyin mojaro boşlangan edi. Mileyning xabaridan söng investorlar tokenni sotib olişni boşladi: uning narxi bir neça soat içida kötarilib ketdi, ammo keyinçalik, yirik sarmoyadorlar öz pozitsiyalarini sotganidan söng, narx quladi. Natijada investorlar 250 million dollar zarar kördi.

Mileyning ta’kidlaşiça, u faqat X akkauntida xususiy loyihani tilga olgan va tokenning öziga aloqasi yöq edi. Ammo tergov materiallaridagi telefon yozuvlariga köra, 2025 yil 14 fevralda Libra işga tuşirilgan tunda Miley va argentinalik tadbirkor Maurisio Novelli örtasida yettita telefon suhbati bölib ötgan. Kripto loyihasi taşkilotçilari bilan bölgan qönğiroqlarning bir qismi prezidentning X ijtimoiy tarmoğidagi postigaça, bir qismi esa undan keyin bölgan. Suhbatlarning mazmuni noma’lum, ammo aloqalarning özi Miley va firibgarlik taşkilotçilari örtasidagi ehtimoliy aloqani körsatadi.

Miley allaqaçon tergov uçun qiziqiş uyğotadigan şaxs sifatida işda iştirok etmoqda. Ammo hozirça unga rasmiy ayblovlar qöyilmagan. Prezidentning özidan taşqari, tergov materiallarida uning singlisi Karina Miley, maslahatçi Santyago Kaputo va uning atrofidagi boşqa odamlar ham tilga olingan.

The New York Times naşrining yozişiça, tergov Novelli Mileyga avval ham muntazam ravişda pul tölab turgan bölişi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni ham örganmoqda. 2023 yilgi WhatsApp ovozli xabarlarida Novelli yordamçisiga «Miley uçun 2000 dollar» haqida aytadi va bu summani oylik maoş deb atagan. 2024 yil aprel oyida, Miley prezidentlik lavozimiga kirişganidan bir neça oy ötgaç, yana bir audio xabarda Novelli «Karinaga berilişi kerak bölgan 4000» dollarni tilga oladi. Taxminlarga köra, gap prezidentning singlisi Karina Miley haqida ketmoqda.

Gazetaning ta’kidlaşiça, janjal 2023 yilda korrupsiyaga qarşi kuraşiş va’dalari bilan hokimiyatga kelgan Mileyning siyosiy qiyofasiga zarba beradi.

Vaziyatni Miley ma’muriyati atrofidagi boşqa mojarolar ham murakkablaştiradi. Argentina ommaviy axborot vositalari avvalroq uning singlisi va boş maslahatçisi Karina Miley poraxörlikda iştirok etgan bölişi mumkinligi haqidagi audioyozuvni e’lon qilgan edi. Yozuvning haqiqiyligi tasdiqlanmagan, prezidentning özi esa manba yolğon ekanligini aytdi. Vazirlar Mahkamasi rahbari Manuel Adorni ham sayohat va xarajatlarga ortiqça mablağ sarflaganlikda ayblanib, prokuror tekşiruvi ostida. U ham ayblovlarni rad etmoqda.