Navoiy viloyatidagi xususiy boğçada tarbiyaçi bolalarni kaltakladi. Uşbu holat aks etgan video Kun.uz tahririyati ixtiyoriga kelib tuşdi.
Tasvirlarda tarbiyaçi bolalarga öta qöpol munosabatda bölgani, ularni urgani körinadi. Murojaatçilarga köra, uşbu holat Navoiy şahrida joylaşgan “Amin Kids” nomli boğçada yuz bergan.
Viloyat Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanişiça, vaziyat örganib çiqilgan va boğça tarbiyalanuvçilariga nisbatan qöpol muomala qilgan hamda pedagogik etika va kasbiy me’yorlarga zid harakatlarga yöl qöygan tarbiyaçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.
Şuningdek, boğça faoliyati vaqtinça töxtatilgan.
Bolalar ombudsmani Kun.uz muxbiri bilan suhbatda holat nazoratga olinganini, körilgan çoralar haqida qöşimça ma’lumot berilişini bildirdi.
Eslatib ötamiz, 6 aprel kuni Toşkent viloyatida bolani uxlamagani uçun haqoratlab, uni urgan tarbiyaçi işdan olingani xabar qilingandi.











